06:36 / 26.03.2019
5 359

Ovqatlanishimizga doir Paygʻambarimiz alayxissalomning oʻgitlari...

Ovqatlanishimizga doir Paygʻambarimiz alayxissalomning oʻgitlari...
Toza va pokiza taomlar isteʼmol qiling!
Juda issiq yoki juda sovuq ovqatlarni isteʼmol qilmang, ularda baraka ham, shifo ham boʻlmaydi.
Taomni uzoq chaynab, keyin yeng!

Ovqatdan oldin va keyin qoʻllarinigizni yuving!
Ovqatni faqat ishtaha kelganida tanovul qiling, koʻp yemang. Ovqatlanish paytida koʻp suv ichmang!
Qishda koʻproq yogʻli, kuchli taomlarni, yozda esa yengilroq ovqatlarni va sabzavot va koʻkatlar isteʼmol qiling. Dasturxoningizdan xurmo arimasin. (Uzum, xurmo va zaytun)!

Charchagan vaqtingizda shirinliklardan tanovul qiling!
Siniq va darz ketgan idishda ovqatlanmang, suv ham ichmang!
Ovqatlanayotganda yaxshi kayfiyatda boʻling, yolgʻiz ovqatlanmang!

Suvni birdan simirmay, hoʻplab-hoʻplab iching. Aks holda, jigar xastaligini keltirib chiqaradi.
Agar sut ichsangiz, suv bilan ogʻzingizni chaying, chunki unda yogʻ bor.
Nonni eʼzozlang, chunki u yer va osmon barokatidandir. Kim dasturxonga toʻkilgan ushoqlarni yesa, Alloh taolo uning barobaridagi gunohlarini kechiradi.

Behi yeyish yurak xastaligini ketkazadi.
Ukrop isteʼmol qilish qulanj (yoʻgʻon ichak kasalligi)ning oldini oladi.
Sigirning suti shifo, yogʻi davodir. Sigir sutini koʻproq isteʼmol qilinglar, chunki u turli dorivor giyohlarni yeydi.

Isteʼmol qilishda, sut mahsulotlari bilan baliqni aralashtirmang!
Hadisi shariflarning birida: “Sut ichib turib, baliq yemang”, deyilgan. Chunki ular qoʻshilsa, qonni buzishi mumkin.
Asal yeb turing, chunki u ming dardga davodir.

Har oyda bir kun roʻza tutingki, toki vujudingiz dam olsin!
Ovqatdan soʻng duo qilib, shukringizni izhor eting!

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Ovqatlanishimizga doir Paygʻambarimiz alayxissalomning oʻgitlari...