Alloh taolo insonga ato etgan katta neʼmatlardan biri – farzand neʼmatidir. har bir neʼmatning shukri vojib boʻlganidek, bu farzand neʼmatining ham shukri vojibdir. Bu neʼmatning shukri – Alloh taologa til bilan shukr qilish va oʻsha farzandni solih, barkamol inson etib tarbiya qilishdir.
Hammamiz erta tongdan ishga, oʻqishga yoʻl olamiz. Kechqurun ishdan charchab kelamiz. Ovqatlanamiz, dam olamiz. Kunimiz shu tarzda oʻtadi. Afsuski, farzandimizning oʻqishi, ahvoli bilan qiziqmaymiz yoki qiziqishga vaqtimiz yetmaydi. Baʼzan bu narsa esimizga ham kelmaydi. Ammo qiyomat kuni oʻzimiz uchun ham, farzandlarimiz, qoʻl ostidagilarimiz uchun ham javob berishimizni unutmaylik!
Ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning «Har biringiz mutasaddidir va har biringiz qoʻl ostidagilari uchun masʼuldir. Imom mutasaddidir va qoʻl ostidagilari uchun masʼuldir. Erkak oʻz oilasida mutasaddidir va qoʻl ostidagilari uchun masʼuldir. Ayol erining uyida mutasaddidir va qoʻl ostidagilari uchun masʼuldir. Xodim oʻz xojasining mol-mulkida mutasaddidir va qoʻl ostidagilari uchun masʼuldir. Har biringiz mutasaddidir va har biringiz qoʻl ostidagilari uchun masʼuldir”, deyayotganlarini eshitdim». Muttafaqun alayh.
Ushbu muborak hadisga koʻra, har bir inson bu dunyoda ham, oxiratda ham qoʻl ostidagilari uchun masʼuldir.
Bolamiz bugun maktabdan yangi bir vazifa bilan uyga keldi. Rosa urinyaptiyu ammo oʻsha vazifani bajarishga qiynalyapti. Oxiri bizning oldimizga kelib, “Dadajon, mana shu misolning javobini yecholmayapman. Qarashib yuboring, oʻrgatib qoʻying” deydi.
Shunda biz nima deymiz?
“Bor, onangga ayt, men charchaganman, boshimni qotirma” deymiz. Ammo televizor koʻrishga, serial va kinolarni tomosha qilishga charchamaymiz, boshimiz qotmaydi. Ammo oʻzimizning muhim vazifamiz va masʼuliyatimiz boʻlgan farzandimizning tarbiyasiga, oʻqishiga beparvomiz.
“Dadajon, bugun maktabda ota-onalar majlisi boʻlar ekan. Iltimos, borib keling” desa, “Nimalar deyapsan?! Qanaqa majlis?! Majlis-pajlisga vaqtim yoʻq. Ana, onang borib kelsin!” deymiz.
Shu kabi majlislarga borib, bolamizning oʻqituvchilari, murabbiylari bilan gaplashib, ulardan bolamiz qanday oʻqiyotgani, nimalarni oʻzlashtirayotgani, nimalarda oqsayotgani, qanday yordam kerakligi haqida soʻrash esimizga ham kelmaydi. Axir bolamizning nima oʻqiyotgani, qanday oʻzlashtirayotgani biz uchun qiziqmasmi?! Shunchaki hamma qatori maktabga borib kelsa boʻldimi?! Kelajakda qanday inson boʻlishining bizga qizigʻi yoʻqmi?!
Baʼzi otalar borki, har kuni farzandlarining bugun nima dars oʻtganini, nimalarni oʻrganganini soʻraydi. Ularni qiynagan masalada yordamlashadi. Doim ularning tarbiyasi, oʻqishini nazorat qilib borishadi.
Oʻgʻillarimiz kimlar bilan doʻst boʻlyapti, kimlar bilan nimalarni gaplashyapti, yomon odatlarga, ichish, chekish kabi illatlarga oʻrganmayaptimi, telefonida nimalarni saqlab, qanday videorolik va fotolarni koʻrib yuribdi, mana bularni nazorat qilish, soʻrab-surishtirish, doim shu narsalarga qiziqib, masʼuliyatni his qilishimiz bizning eng muhim vazifalarimizdandir.
Ertaga oʻgʻlimiz yoki qizimiz biror nojoʻya ish qilsa, “Nega oʻgʻlim bunday qildi ekan?”, “Nima uchun qizim bunday boʻlib oʻsdi ekan?” deya zorlanamiz. Vaholanki, bir paytlari yomon oʻrtoqlari va axloqsiz dugonalari bilan yurganini bilib tursak ham indamadik yoki bu haqida surishtirmadik. Endi boshimizni changallab oʻtiribmiz.
Azizlar, farzand bizga berilgan neʼmat boʻlishi bilan birga omonat ham ekanini esimizdan chiqarmaylik! Farzandining tarbiyasi, oʻqishi, yurish-turishi haqida qiziqmagan ota-ona ushbu omonatga xiyonat qilgan hisoblanadi. Xiyonat esa hadislarda munofiqlikning alomatlaridan biri deyilgan.
Alloh taolo barchamizni farzandlarni tarbiya qilishda masʼuliyatli va jonkuyar ota-onalar boʻlishimizni, ular bu dunyoda bizga koʻz quvonchi boʻlishini va oxiratda boshimizga izzat tojini, egnimizga karomat sarposini kiydirishini nasib etsin, omin!
Manba: Azon.uz “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”