Onalik, otalik baxti — oilaning to‘kis baxti-yu taxti. Oilaning ushbu quvonchlari har qanday ayolu erkakning orzu- umidi. Jamiyatning esa taraqqiyotini ta’minlovchi omil!
Ammo, ming afsuski, erta turmush qurish, stress va depressiya holatlari, fojiali voqealar, ekologik nomuvofiqlik, sifatsiz mahsulotlar va bir qancha yetishmovchiliklar sababli hamma oilaga ham farzand ko‘rish nasib etmaydi. Bepushtlikning oldini olish uchun ayolu erkaklar ham tashqi, ham ichki salomatlikka ega bo‘lishlari shart. Tashqi salomatlik sog‘lom turmush tarzi, to‘g‘ri ovqatlanish, ichki salomatlik esa oilani muqaddas bilib, axloqiy pokizalikka, ma’naviy go‘zallikka, saranjom-sarishtalikka amal qilishdir. Ammo, ko‘pchilik ayolu erkaklarga ekologik muammolar, noto‘g‘ri hayot tarzi, doimiy stress va boshqa omillar sababli ota-ona bo‘lish baxti nasib etmayapti.
BEPUShTLIKKA FAQAT AYoL AYBDORMI?
Odatda, har bir ayol ona bo‘la olmayotganiga o‘zini aybdor sanaydi, ammo bu noto‘g‘ri. Chunki so‘nggi 5-10 yillikda bepushtlikka ko‘proq otalar sabab bo‘layotgani aniqlangan. Ularning salomatliklaridagi muammolar sabab oila tirnoqqa zor bo‘lib qolmoqda. Bu bilan biz aybdor kimligini aniqlamoqchi emasmiz, aksincha, bepushtlikdan xalos bo‘lish borasida erkak-u ayol birdamlikda tibbiy ko‘riklardan o‘tishlari, muolaja davrida bir-birlarini qo‘llab quvvatlashlari maqsadga muvofiqligini ta’kidlamoqchimiz..
XALQ TABOBATIDA BEPUShTLIKNI DAVOLASh MUMKINMI?
Albatta, mumkin. Faqat mutaxassis shifokorlar tekshiruvidan o‘tgach, ularning tavsiyasi bilan zamonaviy profilaktik muolajaga qo‘shimcha yordam sifatida xalq tabobatidan foydalansa bo‘ladi. Chunki, har qanday sharoitda mutaxassis shifokor bemorning vujudi nimaga muhtojligini biladi. Zamonaviy tibbiyotda aniqlanishicha, inson organizmida Ye, S vitamini va rux mineral moddasi yetarli bo‘lsa, u farzandsizlikdan qiynalmaydi. Shundan anglanadiki, tarkibida ana shu darmondorilarni saqlaydigan har qanday dorivor o‘simlik, sabzavot va mevalar bepushtlikdan qiynalayotgan kishilarga yordam beradi.
ZIRA – BEPUShTLIKNING XALQONA VOSITASI
Zira tarkibida aynan S, Ye vitaminlari, rux, marganets va selen elementlari mavjud. Bu esa erkaklarning quvvatini oshiradi va erkaklik jinsiy gormonlarining ishlab chiqarilishini yaxshilaydi. Ko‘pchilikka ma’lumki, testosteron erkaklar uchun juda ahamiyatli gormon hisoblanadi. U organizmdagi juda ko‘p jihatlarga javob beradi, shu qatori jinsiy jarayonga ham. Ziradagi fitosterollar aynan ana shu jinsiy gormonning ishlab chiqarilishini yaxshilovchi, erkaklik quvvatini barqarorlashtiruvchi vosita bo‘lib xizmat qiladi. Bundan tashqari, bu element erkaklar jinsiy organining qon bilan ta’minlanishiga ham ko‘maklashadi.
Eng asosiysi oilaviy osoyishtalik, bir-biriga mehr-oqibatli bo‘lish hamda bir-birini qo‘llab-quvvatlab yashashdir. Kayfiyat ko‘tarinki va mehr-muhabbat yuksak bo‘lgan joydan dard chekinadi.
Shoira BEKChANOVA, tibbiyot fanlari nomzodi
Manba: Gujum.uz “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)