08:50 / 04.05.2019
3 883

Mening muhtarama onam...

Mening muhtarama onam...
Hazrati Mavlono, Muftiy Muhammad Taqiy Usmoniy hafizahulloh shunday yozadilar:
"Mening padari buzrukvorim rahmatullohi alayhning vafotlaridan keyin Ahqar (Men Taqiy Usmoniy)ning shaxsiy hayotidagi eng katta suyanchiq va eng katta davlat – muhtarama onam edilar. Bir uzoq muddat to‘shakda yotib qolishlari va dardlarga g‘arq bo‘lishlariga qaramasdan, shafqatlarining soyalari bizning har dardimizning davosi edi va bir shafqat nazarlari hayot g‘amining barcha achchiqliklarini unuttirib yuborar edi. Bugun bu soya boshimizdan ko‘tarilgan. Bu bebaho davlat ketib qolgan. Sukun va ofiyatning dunyoviy bir jannat eshigi yopilib qolgan. Innaa lillah va innaa ilayhi roji’uun.

Inson noshukrdir. Unga ne’matning haqiqiy shukri, u qo‘ldan ketgandan keyin bo‘ladi. Bugun o‘ylaymanki, ona – hayotning har bir bosqichida naqadar ulug‘ ne’matdir. Bu ne’matga muyassar bo‘lib turgan odamlar naqadar baxtlidirlar. Ona shunday Zotki, uning chehrasiga bir muhabbat nigohi, baytullohni haj qilishlik savobiga teng bo‘ladi. Onaning xizmati sababli Hazrati Uvays Qoroniy rahmatullohi alayh Ikki olam sarvari Nabiy sollallohu alayhi vasallamning ziyoratlaridan mahrum bo‘lishlariga qaramasdan, Sahobai kiromlar roziyallohu anhum uchun ham havasga sabab bo‘ldilar. Bu davlatni Alloh taolo bu dunyoda deyarli har insonga ato qiladi. Kimgadir bu davlat qisqa muddat nasib qiladi, kimgadir esa uzoq muddat. Lekin insonga bu ne’mat yetib turganda, uning qadriga yetmaydi. Endigina, qadriga yetaman deganda esa, bu ne’mat ketib qoladi.

Bu Alloh taoloning naqadar buyuk karami ediki, menga o‘ttiz sakkiz yil onaning shafqat va rahmat og‘ushida yashashlik saodatini ato qildi va tug‘ilganimdan buyon shu kungacha O‘zining fazli ila bardavom onam bilan aynan bir uyda yashashlikni nasib qildi. Lekin bugun rahmatlarning bu jismi butun umrga ketib bo‘lgan. Endi, u kishining bo‘sh xonalarida o‘zimning g‘aflatda qolganim va qadrlariga yetmaganimga xasratlar yig‘indisidan boshqa biror narsa ko‘rinmaydi.

Endi, o‘ylaymanki, o‘ttiz sakkiz yillik bu uzoq muddatda qancha vaqt onamning xizmatlariga sarf qila oldim? Endi, onamning shafqatlariga qaraganda o‘zimning g‘aflatlarim va onamning lutfu inoyatlariga qaraganda o‘zimning kamchiliklarim birma-bir yodga tushyapti va qalb xohlayaptiki, ona ne’mati muyassar bo‘lib turgan bu koinotdagi har musulmondan shuni iltijo qilamanki, Alloh uchun bu ne’matni qadrlang va oxiratingiz zaxirasi qilib oling.

"Misaaliy xavaatiyn" ("Namunali ayollar") kitobidan (308-bet)

Abdulqayyum Komil tarjimasi

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Mening muhtarama onam...