Uxlatadigan meva
May oylarida qulupnay ayni pishib yetilgan payti hisoblanadi. Ayniqsa rangini aytmaysizmi, yoqutdek tovlanadi. Tilni yorgudek mazali. Sizga antiqa bir maslahatimiz, qulupnay yeng va uxlang. Chunki u haddan ziyod ko‘p iste’mol qilinganida qon bosimni tushirib, uxlatib qo‘yishi ham mumkin.
Ammo, qulupnay o‘zidagi bir qator foydali elementlar evaziga muntazam iste’mol qilinganda immunitetni mustahkamlaydi, yurak-qon tomir tizimi ishini yaxshilaydi.
Bu meva mikroblar va shamollashga qarshi yaxshi ta’sir ko‘rsatadi, undan faol iste’mol qilish grippga davo bo‘ladi va og‘izdagi noxush hiddan xalos etadi.
Qulupnay juda yaxshi siydik haydash hususiyatiga ega bo‘lgani bois uni siydik-tosh tizimida muammolari bor insonlar o‘z ratsionlariga kiritishi lozim. Shuningdek, qulupnay revmatizm va jigar xastaliklariga ham shifo bo‘ladi.
Homiladorlarga mumkinmi?
Homilador ayol allergiyaga moyil bo‘lmasa, qulupnay unga koni foyda ekanligi haqida gapirdik. Ayniqsa, bu nozik pallada uchrab turadigan qabziyat muammosining oldini olishi ahamiyatli. Yana o‘sha allergiya sabab pediatrlar yosh bolalarga qulupnay berishda shoshilmaslikni maslahat beradilar. Allergiyaga moyil bo‘lmagan bolalarga 2 yoshdan ko‘pi bilan kuniga 7–8 donadan (eng muvofiq miqdor esa bolaning kaftiga siqquncha) yaxshilab yuvib, yangiligiga ishonch xosil qilgan holda berishdir.
Qulupnay 2 kundan so‘ng eskirib qolishini inobatga olib qo‘ying. Eski meva esa oshqozonda bijg‘ish jarayonini boshlab, zaharlanishga olib keladi. Shunday ekan, ko‘zlari munchog‘ingizga bu mevani berishda e’tiborliroq bo‘ling. O‘zimizda yetishtirilgan mahalliy navlar chetdan keltirilganlaridan ancha xavfsiz, kimyoviy moddalardan xoli, eng asosiysi, yangi va mazali ekanligini bilib qo‘yish lozim.
Yuz uchun kuchli tozalovchi
Qadimda malikalar bu mevadan yuz terisini oqartiruvchi vosita sifatida foydalanishgan bo‘lishsa, rimlik xonimlar tishni oqartirish va sochga jilo bag‘ishlashda qo‘llashgan. Tarkibidagi kislotalar sabab qulupnay ajoyib piling hisoblanadi. Ayniqsa, turli dog‘larni bartaraf etishda uning oldiga tushadigani kam uchraydi. Oqartiruvchi niqobni tayyorlash uchun 3-4 dona qulupnayni yaxshilab ezib, 1 choy qoshiq smetana yoki qatiqdan aralashtirib, yuz terisiga surting. 15 daqiqadan so‘ng iliq suv bilan yuvib tashlang. So‘ngra namlantiruvchi kremdan foydalaning.
Qulupnay haqida qisqa satrlarda
1. Qulupnayning tarixi juda chalkash. Aytishlaricha, dastlab qulupnayni Janubiy va Shimoliy Amerika bog‘bonlari turli poliz ekinlarini chatishtirishi natijasida yaratishgan ekan.
2. Bir dona qulupnayda 200 taga yaqin urug‘ bor.
3. Dunyodagi eng yirik qulupnayning vazni 250 gramm, diametri esa 30 santimetrga teng bo‘lgan.
4. Kaliforniyada yiliga 1 milliard tonna qulupnay terib olinadi.
5. Xalq tabobatida qulupnayni bosh og‘riganda iste’mol qilish tavsiya etiladi. Uning tarkibida aspirin tarkibidagi barcha moddalar mavjud ekan.
6. Shirin bo‘lishiga qaramay, qulupnay tarkibida shakar miqdori juda kamchilikni tashkil etadi.
7. Qulupnay tishlarni tozalashda ham muhim ahamiyat kasb etadi.
8. 18-asrda ananas va qulupnayni chatishtirish yordamida oq rangli qulupnay yetishtirishgan. Ammo bu nav bizgacha yetib kelmagan.
9. Qulupnay antidepressant vazifasini ham o‘taydi. Ya’ni, stressdan qutulishda, xotirjam tortishda asqotadi.
10. Qulupnayning rangi qancha yorqin bo‘lsa, tarkibida vitamin shuncha ko‘p bo‘ladi.
11. Kosmetologlar aytishicha, qulupnay yuzlarni tozalash, ajinlarni yo‘qotishda ham katta foyda beradi.
12. Dunyo bo‘yicha qulupnayning 300 ta turi bor.
13. Qulupnay miyadagi to‘qimalarning erta qarib qolishiga qarshi kurashda ham tengsizdir.
14. 100 gramm qulupnayda yoshi ulug‘ odam bir kecha-kunduzda iste’mol qiladigan S vitaminining 90 foizi mavjud.
Internet manbalari asosida Saida tayyorladi
Manba: Azon.uz “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi