22:50 / 22.05.2019
4 941

Pomidor sharbati: uning foydasi nimada?

Pomidor sharbati: uning foydasi nimada?
Pomidor – likopin manbai. Aynan shu modda unga yorqin rang beradi va kuchli antioksidant sanaladi. Qiziq, termik qayta ishlash likopin uchun foydali, uning tarkibini bir necha marta oshiradi.

Shu tariqa, pasterizatsiya qilingan pomidor sharbatidagi foydali modda yangi uzilgan pomidorlarga qaraganda bir necha marta ko‘proq.

Likopin
Tadqiqot natijalari moddalar almashinuviga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Quyidagi tadqiqot o‘tkazilgan: 30 nafar sog‘lom ayol ikki oy davomida har kuni 250 ml pomidor sharbatini iste’mol qilgan. Ovqatlanish va jismoniy faollikning boshqa jihatlari o‘zgarmay qolgan. Mutaxassislar qon ko‘rsatkichlari, vazn, tana massasi indeksi va bel aylanasini kuzatishgan. Natijalar pomidor sharbatini har kuni iste’mol qilish qon tarkibini yaxshilashi, xolesterin darajasini pasaytirishini ko‘rsatdi. Har kuni sharbat ichgan ayollar qo‘shimcha harakatlarsiz yarim kilogramm ozishgan.

Tarkibi
Likopindan tashqari pomidor sharbati tarkibida temir, kaliy, S va Ye vitaminlari yuqori miqdorda.
Quvvati –100 gramda 21 kkal.

Foydasi
- ko‘z kasalliklarida;
- avitaminoz vaqtida;
- anemiyada;
- moddalar almashinuvini tiklash uchun;
- oshqozon shirasi kislotasining kamayishida;
- uyqusizlikda.

Foto: Pixabay
Bundan tashqari, sharbat:
- suyuqlikni chiqarish, shu tariqa shishishni kamaytirish;
- venalar kengayganida foyda ko‘rsatadi;
- vaznni kamaytirish;
- oshqozon yarasida samarali ta’sir qilish;
- asab tizimiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishda yordam beradi.

Vaznni kamaytirish
Vaznni kamaytirish maqsadida pomidor sharbatini ovqat iste’molidan 10 daqiqa oldin ichish kerak. Bu ochlikni kamaytirib, oshqozonni to‘ldirishda yordam beradi. Shu tariqa, tushlik vaqtida kamroq ovqat iste’mol qilasiz.

Shuningdek, ovqat qabul qilish o‘rniga bir mahal sharbat ichish mumkin. Porsiyangiz hajmi o‘zgarmaydi, quvvati esa kamayadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Pomidor sharbati: uning foydasi nimada?