20:12 / 29.05.2019
4 490

Eng baxtli odamlar toifasiga kimlar kiradi?

Eng baxtli odamlar toifasiga kimlar kiradi?
Turmushga chiqmagan ayollar jamiyatda eng baxtli odamlar ekan, buni London iqtisodiyot va siyosiy fanlar maktabi professori Pol Dolan ma’lum qildi.

Britaniyalik olim AQShda o‘tkazilgan ijtimoiy so‘rov natijalariga asosan ushbu xulosaga kelgan.
Tadqiqotda ma’lum bo‘lishicha, turmushga chiqqan ayollarning ko‘pchiligi turmush o‘rtog‘i yonida bo‘lgan paytda, baxtli ekanini aytishadi.

Agar ular yolg‘iz qolib savollarga javob berganda, birinchi navbatda turmush va o‘zaro munosabatlardagi qiyinchiliklardan shikoyat qilishdi.
Turmushga chiqmagan ayollar aynan shunga o‘xshagan muammolar bo‘lmaganligi tufayli ular baxtlidir.

Biroq oila qurish muvaffaqiyat belgisi hisoblangan jamiyat bosimi yolg‘iz ayollarda baxtli bo‘lish hissini kamaytiradi.

Ta’kidlanishicha, asosan oila qurishdan ko‘proq erkaklar foyda ko‘radi, ular to‘g‘ri hayot, kamroq xavf-xatarga tushish va ko‘proq pul topishga harakat qiladi.

Ayollar erga tegishdan kamroq foyda ko‘radi, chunki ularda turli majburiyat va tashvishlar ko‘payadi. Shu sababli, olim yolg‘iz ayollar turmushga chiqqan ayollarga qaraganda ko‘proq umr ko‘radi deb hisoblaydi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Eng baxtli odamlar toifasiga kimlar kiradi?