
“Goh olov xalqadan sakraydi yo‘lbars,
Goh ustundek qotgay filning oyog‘i.
Bunda har narsaga qodir afsungar -
Hayvon o‘ynatuvchi odam tayog‘i.
Hatto timsohni ham tizginlash mumkin,
Qafas aro yuvosh termular arslon.
Faqat bo‘ri degan bir jonzot borki,
Qamchiga bo‘y egmas biling hech qachon!..
Qattol hayvonbozi bisyor dunyoning,
Qamchisi ayovsiz, ololmaysan tin.
Hayot sahrosida darbadar Inson,
Qalbingda bo‘ysunmas bo‘ri yashasin...
Go‘zal Ro‘ziyeva
Manba: Azon.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar