Foto: Fotolia
Agar har qanday harakatsizlik sizni muvaffaqiyatga olib borish o‘rniga undan uzoqlashtirsa, qanday qilib unumli dangasa bo‘lishni o‘rganishingiz kerak.
Ular vazifani bajarishning oddiy va samarali usulini izlaydilar
Microsoft asoschisi Bill Geyts shunday degandi: «Men ish uchun dangasa odamni izlayman, chunki u belgilangan vazifani hal etishning ko‘plab oson yo‘llarini topadi». Haqiqatan ham bunday xodim loyihani tezroq yakunlash usullarini izlaydi va uning ustida yana ishlamaslik uchun bir martadayoq eng yaxshi natijaga erishishga harakat qiladi.
Mohir optimizatorlar
Dangasa odam bir xil tusdagi ishda ma’no borligini ko‘rmaydi, shuning uchun ham doim jarayonni avtomatlashtirishga harakat qiladi. Aynan shunday kashfiyotchilar tufayli supurgi changyutgichga, keyin changyutgich-robotga o‘zgardi.
Agar navbatdagi layfxakni uchratsangiz, ikkilanmang: uni dangasa odam o‘ylab topgan. Chunki dangasa bo‘lmagan odam oson usulda emas, qoidasi bilan bajargan bo‘lardi.
Texnologiyalarni mohirona qo‘llaydilar
Jarayonlarni optimallashtirish uchun biror yangi narsa kashf etish shart emas, tayyor ishlanmalarni ham qo‘llash mumkin. Dangasa odamlar kundalik vazifalarini yengillashtiradigan biror yangi narsa paydo bo‘lganini muntazam tekshiradilar. Ular barcha texnik yangiliklardan xabardor.
Foto: Fotolia
Ustuvorliklarni to‘g‘ri belgilaydilar
Biror narsani bajarishdan avval dangasa kishilar o‘zlaridan nima uchun buni bajarishlari lozimligini so‘raydilar. Savolning to‘g‘ri qo‘yilishi natijaga ta’sir qilmaydigan ikkinchi darajali narsalarga vaqt va kuch sarflamaslik imkonini beradi.
XX asr boshida italiyalik iqtisodchi Vilfredo Pareto qonun shakllantirgan. Unga ko‘ra harakatlarning 20 foizi muvaffaqiyatning 80 foizini ta’minlaydi. Ana shu qonunga ko‘ra, to‘g‘ri richaglarga kam harakat sarflash unumli.
Dam olishni biladilar
Oddiy odamning mehnati marafonga o‘xshasa, dangasada u hordiq bilan o‘rin almashadigan qisqa sprintlardan iborat. Dastlab u vazifaga maksimum vaqt va kuch beradi, keyin esa dam oladi. Natijada bir xil vaqt ichida dangasa odam xuddi shuncha ish bajaradi. Biroq mashg‘ulotning doimiy o‘zgarishi sababli o‘zini xotirjam his etadi va zo‘riqishni boshdan o‘tkazmaydi.
Xatarlarni yaxshiroq payqashadi
Vazifani samarali bajarish va qaytadan bajarmaslik uchun tizim buzilishi mumkin bo‘lgan joyni yaxshiroq payqash lozim. Shuning uchun dangasa kishi oldindan xatarlarni ko‘ra oladi va ularni bartaraf etish uchun qo‘lidan kelgan barcha ishlarni bajaradi.
Ular yaxshi yetakchilar
Dangasa odam nafaqat o‘zi ishlarni tez va samarali bajaradi, balki loyiha ustida ishlayotganlar o‘rtasida ham vazifalarni aql bilan taqsimlaydi.
Ortiqcha xatti-harakat va majburiyatlarni takrorlashga o‘rin yo‘q.
Foto: Fotolia
Ular aqlli
Odam u qadar aqlli bo‘lmasagina o‘ziga dangasa bo‘lishga ruxsat berolmaydi. Gap milliarderlar merosxo‘rlari haqida ketar ekan, albatta ular statistikaga kiritadigan darajada ko‘p emas.
Ofisda kun bo‘yi ijtimoiy tarmoqlarni ko‘zdan kechirgan bo‘lsangiz ham vazifalarni o‘z vaqtida bajarishingizga ishonchingiz komil bo‘lishi lozim. Dangasa frilanserga 100 ta arzon buyurtma o‘rniga 10 ta qimmatini olish uchun aql ko‘proq kerak. Shuning uchun rivojlangan intellekt – kamroq ish qilib, ko‘prog‘iga erishishda muvaffaqiyat kalitidir. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi