
Foto: «Banki.ru»
Markaziy bank aholining valyuta jamg‘armalari yuzasidan so‘rovnoma o‘tkaza boshladi. Unga ko‘ra, kelgusida statistik va tahliliy maqsadlarda foydalaniladigan so‘rovnomani to‘ldirish taklif etilmoqda.
Tadqiqotda ishtirok etish anonim tarzda bo‘lib, quyidagi savollarga javob berish lozim bo‘ladi: «xorijiy valyutadagi mablag‘ingizni qayerda jamg‘arishni ma’qul ko‘rasiz?», «xorijiy valyutadagi mablag‘ingiz miqdorini ko‘rsating», «xorijiy mamlakatlardan O‘zbekistonga o‘zingiz bilan qayta sotish uchun mahsulot olib kirganmisiz?» va boshqalar.
Qayd etilishicha, so‘rovnoma O‘zbekistonning tashqi sektor statistikasini yaxshilashga qaratilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing