Grek yong‘og‘ining muntazam iste’mol qilinishi qon bosimini me’yorlashga yordam beradi. Bunday xulosaga Pensilvaniya shtati universiteti (AQSh) olimlari kelishdi.
Bunga yong‘oqlarda katta miqdorda omega-3 yog‘ kislotasi – alfa-linolen kislotalar borligi sababdir.
Mutaxassislar semizlikdan aziyat chekuvchi 30 yoshdan 65 yoshgacha bo‘lgan 45 kishi ishtirokida tadqiqot o‘tkazishgan. Ishtirokchilarga 2 hafta davomida 12 foizi to‘yingan yog‘lardan iborat mahsulotlar iste’mol qilish taklif qilingan.
So‘ngra ishtirokchilar 3 guruhga bo‘lingan. 6 hafta davomida 1-guruh ko‘p miqdorda yong‘oq iste’mol qilinadigan ratsionga amal qilgan, ikkinchi guruh faqat alfa-linolen kislota iste’mol qilgan, 3-guruhga na yong‘oq, na kislotalar berilgan.
Natijada 1-guruhdagi ishtirokchilarda yurak-tomir kasalliklari rivojlanishi xavfi kamaygani va qon bosimi me’yorlashgani aniqlangan.
Ta’kidlanishicha, ko‘p miqdorda yong‘oq iste’mol qilgan ishtirokchilarda alfa-linolen kislota yoki olein kislota iste’mol qilganlarga nisbatan qon bosimi o‘rtacha past bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?