Foto: Pexels
Biz turli vitaminlarga juda koʻp miqdorda pul sarflaymiz, immunitet va organizm faoliyatini yaxshilash yoʻllarini izlaymiz. Ona tabiat ana shu maqsadlarda foydalanish uchun taqdim etgan narsalarni esa sezmaymiz. Asal – asalarichilikdagi gʻaroyib mahsulot. U turli kasalliklar profilaktikasi va davosi uchun xizmat qiladi. Bundan tashqari, shirinlikni diabet kasalligiga chalingan kishilar ham isteʼmol qilishlari mumkin.
Bugun “Tak Prosto!” tahririyati har kuni asal isteʼmol qilsangiz, siz bilan sodir boʻladigan 8 ta narsa haqida hikoya qiladi. Faqat asalni asalarichilik bilan shugʻullanadigan mutaxassisdan xarid qiling. Ana oʻshanda uning haqiqiyligiga ishonch hosil qilishingiz mumkin.
Organizm uchun foydasi
Toza teri
Asal – juda kuchli antioksidant. U terining erta qarishi, husnbuzarlarni chaqiruvchi zaharli moddalarni organizmdan chiqarib tashlaydi. Asalni isteʼmol qilishdan tashqari, u bilan turli niqoblar ham qilish mumkin. Yuz mayin va chiroyli koʻrinishga ega boʻladi.
Ozish
Maʼlumki, ortiqcha vazn tashlashni istagan kishilar shirinlik isteʼmol qilishi kerak emas. Biroq asalga nafaqat ruxsat berilgan, balki uni tavsiya ham qilishadi. U metabolizmni yaxshilaydi, shu sababli ortiqcha vazn tezroq ketadi.
Foto: Pexels
Xolesterin darajasini normallashtirish
Qizigʻi shundaki, asal tarkibida xolesterin mavjud emas. Biroq unda organizmdagi xolesterin darajasini kamaytirishga hissa qoʻshadigan mikroelementlar mavjud. Yuqorida aytib oʻtilganidek, asalni har kuni isteʼmol qilish organizmdagi antioksidantli birikmalarga ijobiy taʼsir koʻrsatadi. Ular esa, oʻz navbatida, xolesterinning yuqori darajasiga qarshi kurashadi.
Sogʻlom tomirlar
Asalni har kuni isteʼmol qilish yosh oʻtishi bilan deyarli hamma odamlarda paydo boʻladigan yurak qon-tomir kasalliklarining oldini oladi. Tibbiyot xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tadqiqotlar asal tarkibidagi antioksidantlar arteriyalar qisqarishi va tromblar hosil boʻlishining oldini olishini koʻrsatgan.
Xotiraning yaxshiligi
Har kuni asal isteʼmol qilgan kishilarning xotirasi yaxshiroq boʻlishi isbotlangan. Shuningdek, ularda keksalikdagi skleroz ehtimoli ham nolga teng boʻladi. Bundan tashqari, asal tarkibidagi kalsiy miya tomonidan yaxshi oʻzlashtiriladi, bu esa uning faoliyatiga ijobiy taʼsir koʻrsatadi.
Sogʻlom uyqu
Tiniqib uxlash – ruhiy salomatlik va goʻzallik garovi. Asal seratonin ishlab chiqarilishiga hissa qoʻshadi, uni organizm tezda uxlab qolish gormoni – melatoninga aylantiradi. Shunday ekan, uyqu oldidan isteʼmol qilingan bir qoshiq asal bilan yaxshi hordiq kafolatlanadi.
Oshqozon-ichak faoliyatining normallashuvi
Ovqat hazm qilishni yaxshilash uchun nahorga bir qoshiq asal yeyish tavsiya etiladi. Bunday oddiy qoida oshqozon-ichak kasalliklari paydo boʻlishini bartaraf etishda yordam beradi. Bundan tashqari, oshqozonga borish yoʻlida asal bakteriyalarni yoʻq qiladi, shuningdek, oshqozonning shilliq poʻstidagi yaralarni tuzatadi.
Foto: Pexels
Antidepressant
Ushbu mahsulot tarkibidagi glyukoza neyronlar uchun zarur. U qonga tezda singib, tinchlanish, tirishishning kamayishi va psixologik buzilishlarning kamayishiga hissa qoʻshadi.
Tahririyatning maslahati
Ertalab bir choy qoshiq asalni ochqoringa va yana bir choy qoshiqni esa uyqudan oldin isteʼmol qiling. Uni choyga solinadigan shakar oʻrnida ham qoʻllash mumkin. Biroq uni ichimlikka qoʻshmang, bor-yoʻgʻi isteʼmol qiling. Axir 60 daraja issiqdan yuqori harorat asaldagi foydali xususiyatlarni yoʻq qiladi. Shuningdek, asalga sarimsoqpiyoz qoʻshish orqali uning viruslarga qarshi xususiyatini ham bir necha martaga oshirishingiz mumkin. Bunday moʻjizaviy vositani tayyorlash uchun 500 ml asalga oldindan maydalab olingan 3-4 ta kichik sarimsoqpiyoz boshchalarini qoʻshing. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?