15:40 / 27.06.2019
4 801

Barcha ota-onalar yo‘l qo‘yadigan odatiy 20 ta xato

Barcha ota-onalar yo‘l qo‘yadigan odatiy 20 ta xato
Bola tarbiyasi masalasi jiddiy. Og‘ir ruhiy jarohat, o‘z-o‘ziga shikast yetkazish, asotsial xulq-atvor va hatto suitsid – ayrim hollarda ota-onalar bolalarni ana shunday salbiy holatlargacha olib borishadi, hatto ularga «yaxshilikni ravo ko‘rishsa-da».

Psixolog Mayk Liri oila baxti uchun kurashda deyarli barcha ota-onalar yo‘l qo‘yadigan odatiy 20 ta xatolar ro‘yxatini tuzdi. U mijozlarining xatolarini boshqalar takrorlamasligi uchun ota va onalarni barini yaxshilab o‘rganib chiqishga chaqiradi.

Cheksiz erkinlik
Bolani qarorlar qabul qilishga o‘rgatish kerak. Kichik vazifalardan boshlab, asta-sekinlik bilan. To‘liq erkin tanlov – kichik odam uchun zo‘riqish va u eplay olmaydigan muammo hisoblanadi.

Ortiqcha maqtov
Ma’naviy va moddiy mukofotlar– kuchli rag‘bat ekaniga shubha yo‘q. Biroq shunday ota-onalar borki, ular farzandlarini deyarli har bir narsa uchun maqtashadi. Vaqt o‘tishi bilan bola atrofdagilarning maqtovi va ma’qullashiga tobe va «mukofotsiz» hech narsa qila olmaydigan odamga aylanadi.

Baxtli qilishga intilish
Farzandini sevadigan barcha ota-onalar uning baxtli bo‘lishini istashadi. Biroq bu hisni boshqa odamga «o‘tkazib» bo‘lmaydi. Bolakayning o‘zi ijobiy hislarni tuyishi va unga qoniqish hissini beradigan narsalarni topa olishi lozim.

Tantiqlik
Bolani qancha ko‘p erkalatishsa, unda «men biror narsaga ega bo‘lganimda baxtliman», degan fikr o‘rnashib qoladi. Tarbiyaga nisbatan bunday yondashuv tobelik va majburiy buzilishlarga olib keladi.

Foto: Unsplash
Axborot va jismoniy bosim
Ota-onalar quyidagicha o‘ylashadi: «bolada ahmoqona g‘oyalarga vaqt qolmasligi uchun uni maksimal darajada band qilish lozim». Natija: odamda “yonish sindromi” va g‘azab yuzaga keladi.

Intellektual rivojlanishga urg‘u berish
Aqlli va o‘qimishli bo‘lish – ajoyib. Biroq unga o‘ta ko‘p urg‘u berilsa, bolada dimog‘dorlik paydo bo‘ladi. Ayrim hollarda esa ikkiyuzlamachilik ham kuzatilishi mumkin.

Doimiy tanqid
«A’lochilar kompleksi» mavjud. U tez-tez va ko‘p tanqid qilingan bolalarda rivojlanadi. O‘z-o‘zidan o‘zib ketish ilinjida eng so‘nggi choralarni ham qo‘llashadi. Kichkina muvaffaqiyatsizlik esa ular uchun juda kattaga aylanadi. Natija: jazavaga tushish, o‘z-o‘ziga shikast yetkazish, suitsidga urinish.

Uyat hissi bilan boshqarish, nopisandlik
«O‘zingni yomon tutyapsan, bunday bola menga kerak emas» - xavfli jumla. Hatto hazil tariqasida aytilsa ham. His-tuyg‘ularni bu kabi o‘yin qilish tufayli ota-ona va bolalar o‘rtasida o‘tib bo‘lmaydigan masofa yuzaga keladi.

Yoshiga mos bo‘lmagan mas’uliyat
Bola 4-5 yoshida o‘z-o‘ziga to‘liq xizmat qila olmaydi, kichik yoshdagi qarindoshlari haqida g‘amxo‘rlik qilishni esa aytmasa ham bo‘ladi. Biroq M.Lirining yoniga kichik yoshidan o‘zi, uka va singillari haqida g‘amxo‘rlik qilishga majbur bo‘lgan bemorlar kelishadi. Natija: ruhiy jarohat tufayli farzandli bo‘lishni umuman istamaslik.

Foto: Unsplash
Gadjetlardan cheksiz foydalanish
Televizor, kompyuter va telefon insonni real hayotdan «uzib qo‘yadi». Hatto kattalar ham bir-birlari bilan «jonli» muloqot qilishni unutib qo‘yishdi. Texnologik yangiliklar qurshovida bo‘lgan bolalar haqida esa gapirmasa ham bo‘ladi.

Bola uchun doimiy ravishda ko‘ngilochar mashg‘ulotlarni izlash
Bolani biror narsa bilan band qilish, chalg‘itishga uringan ota-onalar uning o‘ziga mustaqil tarzda biror qiziqarli narsani izlash imkoniyatini berishmaydi. Eng qo‘rqinchlisi – undagi ijodiy fikrlash kurtaklarini yo‘q qilishadi.

Giper g‘amxo‘rlik
Ota-ona farzandini himoya qilishi lozim, biroq uni voyaga yetguniga qadar «qo‘lidan sudrab yurishi» kerak emas. Bolakay «g‘urra orttirmagunicha» hech narsa o‘rgana olmaydi.

Xavflardan himoya qilish istagi
Yopiq muhitda kasalliklarga moslashmagan va barqaror bo‘lmagan bolalar shakllanadi. Buni tarbiyalanuvchilari o‘z vaqtining ko‘p qismini ochiq havoda o‘tkazgan bolalar bog‘chasi isbotlagan.

Bolaning hayoti bilan qiziqmaslik
«Kuning qanday o‘tdi, nimalar bilan shug‘ullandik?» qabilidagi oddiy savol ko‘p narsalarni o‘zgartirishga qodir. Bolalar ular bilan qiziqishlari haqida bilishganida baxtli bo‘lib ulg‘ayishadi va ota-onalariga ko‘proq ishonadilar.

Foto: Unsplash
Mutolaa bilan shug‘ullanmaslik
Multfilm va videoroliklar tomosha qilish o‘rniga – yaxshisi bolaga kitob o‘qib bergan ma’qul. Bu foydali, chunki tasavvur va diqqat-e’tiborni rivojlantiradi. Bu kabi ko‘nikmalar bola maktabga borganida unga asqotadi.

So‘rg‘ichdan majburiy ravishda chiqarish
Bugun kichkintoy so‘rg‘ich so‘rardi va o‘zini xavfsiz his etardi, ertaga esa onasi «vaqti yetgani» sababli uni darhol olib qo‘ydi. Bola esa bunga ta yyor emas. Unga so‘rg‘ich bilan qulay. Vaqti yetganida kerak bo‘lmagan «qurilma»dan o‘zi voz kechadi.

Nazoratsiz ovqatlanish
Ortiqcha ovqatlanish odati bolalikda shakllanadi. Ota-onalar farzandlarining ovqatlanishini kuzatishmaydi yoki uni ortiqcha to‘ydirib yuborishadi. Bolakay esa ahvoli yomonlashguniga qadar ovqat iste’mol qiladi. Xulosa: porsiya va ovqat yeyish rejimi oldindan belgilangan bo‘lishi lozim.

Jismoniy jazo
Kamar (va qo‘llar) bilan jazo berishi agressiya, xafagarchilik va komplekslardan boshqa hech nimani singdirmasligi ming marta isbotlangan. Yurakdan suhbat qurish jismoniy choralarga qaraganda samaraliroq ekanini bilish lozim.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Barcha ota-onalar yo‘l qo‘yadigan odatiy 20 ta xato