17:00 / 06.07.2019
3 660

Muvaffaqiyatli va baxtli bo‘lishingizga xalaqit qiladigan 4 bahona

Muvaffaqiyatli va baxtli bo‘lishingizga xalaqit qiladigan 4 bahona
Muvaffaqiyatga eltuvchi yo‘l mashaqqatli bo‘lishi mumkin, biroq uni hech kim siz uchun bosib o‘tmaydi. Faqat o‘zingizgina o‘z hayotingiz uchun mas’ulsiz. Shuning uchun bahonalar izlamang, harakat qiling. Layfxaker ana shu yo‘lda qanday bahonalar to‘siq bo‘lishi mumkinligi haqida maqolani taqdim etdi.

Muvaffaqiyatga erishishda sizga xalaqit beradigan birgina inson bu – sizsiz. Jamiyat ham, davlat ham, boshqa birov ham emas. So‘zsiz, ayrimlarning imkoniyatlari ko‘proq, masalan, o‘ziga to‘q ota-onalarning farzandlarida. Biroq hech narsaga qaramay, har qanday inson o‘z maqsadiga erishishi mumkin. Buning uchun sizga olg‘a harakat qilish imkoniyatini bermayotgan fikrlardan xalos bo‘lish lozim.

1. «Muvaffaqiyatli bo‘lishim uchun oliy ma’lumotga ega bo‘lishim kerak»
Yo‘q. Orzuingizdagi hujjat biror kishi uchun kuniga 8 soat ishlashni istayotgan bo‘lsangizgina kerak bo‘ladi. Agar o‘z ishingizni ochsangiz, o‘z-o‘zingizga xo‘jayin bo‘lasiz.

Oliy ma’lumotsiz ham biznes qurish mumkin. Facebook asoschisi Mark Sukerbergni yodga oling. U eng mashhur ijtimoiy tarmoqni yaratish uchun Garvardni tashlab ketgan. U o‘zi sevgan va qo‘lidan kelgan ish bilan shug‘ullangan. Bu esa unga katta boylik orttirishda qo‘l keldi. Universitet avtomatik tarzda aqlliroq bo‘lib qolishni kafolatlamaydi. Mustaqil o‘qib-o‘rganish ko‘pincha ancha samarali.

2. «Vaqtim yo‘q»
Insonlar o‘z muvaffaqiyatsizliklarini ko‘pincha ana shu tarzda oqlashadi. Bir daqiqa ham bo‘sh vaqti bo‘lmagan odamni izlab topish mushkul bo‘lsa kerak. Kompyuter o‘yinlarini o‘ynash yoki yangiliklar lentasini ko‘zdan kechirish o‘rniga o‘zingiz sevgan ish bilan shug‘ullaning. Sevimli mashg‘ulotingiz muvaffaqiyatli biznesga aylanishi mumkin. Albatta, ba’zida dangasalik ustunlik qiladi. Biroq maqsad sari mayda qadamlar bilan harakat qilsangiz, oxir-oqibat qat’iyatliligingiz uchun mukofotga ega bo‘lasiz.

3. «Yoshim o‘tib qoldi»
Miyangiz hali ham ishlamoqda. Hali ham vaqtingiz bor. Tirik ekansiz, istagan narsangizga erishishingiz mumkin. O‘qish-o‘rganishning kechi yo‘q. Hatto 20 yoshdan ancha katta bo‘lsangiz ham bu qo‘l qovushtirib o‘tirish uchun bahona bo‘lolmaydi.

4. «Bu juda murakkab. Nimadan boshlashni bilmayman»
Boshlash doim og‘ir. Tashabbus ko‘rsating. Foydali ma’lumotni izlashni boshlamasangiz, biror yangi narsa o‘rganolmaysiz. Yordam so‘rab kasbining ustalariga murojaat qiling.

Sayohatdagi eng murakkab ish – uydan chiqib olish. Bor-yo‘g‘i boshlang. Keyin esa qo‘rquvlaringizni yuzingizda tabassum bilan yodga olasiz.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Muvaffaqiyatli va baxtli bo‘lishingizga xalaqit qiladigan 4 bahona