Biz "odamlar nima deydi?" mezoni bo‘yicha yashaydigan xalqmiz. To‘ylarimizni ham hukumat belgilab, tartibga solishi kerak.
To‘yni tartibga solishga e’tiroz bildirmoqchi edim, yo‘q, keyin to‘g‘ri qilishyapti, degan fikrga keldim.
Nega deysizmi? Kuzatib ko‘ring.
Chiqindini chiqindi qutisiga emas, ko‘chaga tashlaymiz, hojatxonada suv tushirish ipini tortmaymiz, mashinamizni birovga xalaqit qiladimi-yo‘qmi, o‘ylamay istalgan joyga qo‘yamiz, navbatga turish degan narsa umuman yot, oddiy o‘zi bitadigan ishga tanish axtaramiz, kommunal to‘lovni qachon eshigimiz tagiga so‘rab kelsagina to‘laymiz, adolat talab qilamizu farzandimizni o‘qishiga pul tiqamiz, kecha pisib yurgandik, endi militsiyaga o‘dag‘aylaymiz, odamga kiyimiga, soqoliga qarab, martabasiga qarab muomala qilamiz.
1000 dollarni artistga bergani, 100 dollarga ko‘ylak kiygani pul topiladi, ammo 50 ming so‘mlik kitobga pulimiz yetmaydi, hajga borishga navbatni surish uchun pul tiqamiz (tasavvur qiling, qaysidir musulmonni bordirmay aynan siz borishingiz uchun), qizimizni turmushga berish uchun qarzga temir darvoza o‘rnatamiz, sanayversam adog‘i yo‘qdek.
Ichimiz bo‘sh, bo‘m-bo‘sh, ishonmasangiz, odamlarni yuz-ko‘zlariga boqing: 7 yoshdan 70 yoshigacha chin dildan ochilib kula olmaydi, hayotdan bahra ololmaydi, hammaning g‘ami bor, tashvishi bor. O‘zimiz tashkil qilgan, o‘zimiz o‘ylab topgan, o‘zimizga to‘siq bo‘lgan tashvishlar.
Aslida jinnilar emas, biz jinnimiz, bir-birimizga angrayib, soxta mulozamat, maqtovlar, kibr, manmanlik, boylikka hirs qo‘ygan, shu bilan obro‘ topaman degan nafs qullari.
Bizni tartibga solib turish kerak, aks holda o‘nglanmaymiz. Shunga o‘rganganmiz, ming afsus. O‘zimiz o‘zgarmas ekanmiz, baloga ham erisha olmaymiz. Shunaqa ishlamaydigan qonunlar, qarorlar qabul qilib, baqir-chaqir, asabbuzarlik, kamsitish, adolatsizlik, poraxo‘rlik ostida umr ham poyoniga yetib, keyingi avlod yana shuni davom ettiraveradi.
O‘zimiz o‘zgarishimiz kerak.
Oqiljon NAJMIDDINOV
Manba: Azon.uz “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”