Foto: «Mirtesen»
Uzumni yaxshi ko‘rsangiz-u, ammo urug‘ini ajratib olishga erinib (ha, ko‘pchilik shunday qiladi), uni kam iste’mol qilsangiz, quyidagi ma’lumot aynan siz uchun. Chunki mevani urug‘idan tozalashga aslo hojat yo‘q. Bu haqda «Xabar» nashri ma’lum qildi.
Gap shundaki, uzum urug‘i bir qancha foydali xususiyatlarga ega. Demak, uni yutish zarar emas, aksincha, foydali.
Saratonning oldini oladi
Uzum urug‘ida kuchli antioksidantlar mujassam. Jumladan, tokoferol – ayrim onkologiya turlariga barham berishga qodir: sut bezlari, teri yoki prostatit saratoni.
Qonni tozalaydi
Uzum urug‘i tomirlarni mustahkamlab, qonni zararli moddalardan tozalaydi. Shuning uchun u, ayniqsa, yurak kasalliklaridan aziyat chekuvchi bemorlarga tavsiya etiladi.
Soch to‘kilishini to‘xtatadi
Qon aylanishini yaxshilash xususiyati tufayli uzum urug‘i soch to‘kilishiga qarshi kurashib, ildizini mustaqamlaydi.
Ko‘rish qobiliyatini yaxshilaydi
Uzum urug‘i Ye vitaminiga juda boyligi bois ko‘zga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Ko‘rish qobiliyatini mustahkamlab, ko‘z bilan bog‘liq muammolarning oldini oladi.
Yallig‘lanishga qarshi xususiyatga ham ega
Uzum urug‘i kolit, gastrit, peshob yo‘lidagi infeksiyalar va hattoki teridagi muammolarni davolashda ham yordam beradi. Shuningdek, u oshqozonni juda yaxshi tozalaydi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”