21:38 / 26.09.2019
4 456

Chanqoqni qondiruvchi eng yaxshi ichimlik aniqlandi. Lekin bu suv emas

Chanqoqni qondiruvchi eng yaxshi ichimlik aniqlandi. Lekin bu suv emas
Foto: «Pixabay»
Shotlandiyadagi Sent-Endryu universiteti tadqiqotchilari qaysi ichimlik chanqoqni yaxshiroq qondirishini aniqlashdi. Ushbu maqsadda mutaxassislar qahva, sut va alkogolli ichimliklarning tanaga ta’sirini taqqoslashdi, deb yozadi «Rambler». Tajriba natijalari haqida CNN xabar bergan.

Professor Ronald Moganning so‘zlariga ko‘ra, sut oddiy suvdan ko‘ra chanqoqqa qarshi kurashishda yaxshiroq natijalarni ko‘rsatgan. Chunki jonivordan olingan ichimlik tarkibida qand laktozasi, ozroq oqsil va yog‘ mavjud.

Bularning bari oshqozondan suyuqlik ketishini sekinlashtirishga va uzoqroq vaqt davomida suyuqlik ichish xohishini his qilmaslikka yordam beradi.

«Tanani namiqtirish»da qahva ham yomon natija ko‘rsatmadi. Gap kofeinli 2 – 4 finjon ichimlik qabuli haqida ketmoqda.
Qahvaning peshob haydash xususiyatini juda kam qahva ichadigan odamlarda kuzatish mumkin. Muntazam qahva ichuvchi kishilarda bunday reaksiya kamroq qayd etiladi.

Har qanday holatda qahvaga 2 osh qoshiq sut qo‘shish orqali peshob haydash xususiyatini kamaytirish mumkin.
Chanqoqni, yaxshisi, pivo bilan qondirmang. Aks holda juda ko‘p ichishga to‘g‘ri keladi. Ertalab bu yuz shishishi bilan namoyon bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Chanqoqni qondiruvchi eng yaxshi ichimlik aniqlandi. Lekin bu suv emas