Foto: «Depositphotos»
Aksariyat aviakompaniyalar chipta xaridida bepul joy tanlashni taklif etishadi. Biroq parvoz qulayroq bo‘lishi uchun mutaxassis va sayohatchilarning tajribasini o‘rganib chiqish lozim, deb yozadi «Xabar.uz» nashri.
Favqulodda chiqish eshigi yonidagi o‘rin
Styuardessalar u yerga ayollar, bolalar va keksalarning o‘tirishini tavsiya qilmaydi. O‘zi ko‘pchilik bu joyni yaxshi deb o‘ylaydi. Chunki oldida oyoqlarni uzatish uchun bo‘sh joy bor. Ammo bu joydagi o‘rindiqning suyanchig‘i orqaga yotmaydi. Uning oldida o‘tirgan yo‘lovchi esa bunday imkoniyatga ega. Shunday ekan, favqulodda chiqish eshigi yonida o‘tirib qolgan odamning qulay parvoz qilish ehtimoli juda kam.
Oxirgi qatordagi o‘rindiqlar
Odatda oxirgi qatordagi o‘rindiqlarning suyanchig‘i ham orqaga yotmaydi. Chunki buning uchun orqada yetarlicha joy yo‘q. Aksincha, old tarafingizda o‘tirgan yo‘lovchilar sizga xalaqit berishadi. Ustiga-ustak, parvoz vaqtida hojatxonaga navbatda turgan odamlar noqulaylik tug‘diradi. Chunki unchalik katta bo‘lmagan laynerlarda kabinka dum qismida joylashgan bo‘ladi. Bitta yaxshi tomoni bor: bort xodimlarining xonasi ham o‘sha yerda joylashgan. Ular yegulik va ichimliklarni sizga birinchi bo‘lib olib kelishadi.
Biznes-klassdagi birinchi qator
Biznes va ekonom klassi bor aksariyat samolyotlarda ular devor bilan ajratilgan bo‘ladi. Odatda ularga go‘daklar uchun belanchak joylashtiriladi. Shu bois bu joyni tanlasangiz, katta ehtimol bilan yoningizda yosh bolali ayollar parvoz qilishiga ham tayyor turing. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”