Foto: «Nurlat-tat»
Tirnoq lakida tanaga tiklanmas zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan yuqori toksik modda bor. Bu haqda «NTV» telekanalida bir qancha shifokor va ekspertlar ma’lum qilishgan.
Tirnoq vositasi quyuqlashib qolmasligi uchun unga formaldegid, chiroyli bo‘lishi uchun toluol, lak yorilib ketmasligi uchun dibutilftalat qo‘shishadi.
— Dibutilftalat odamning endokrin va reproduktiv tizimiga ta’sir o‘tkazadi. U ayrim mamlakatlarda taqiqlanadi. Formaldegid ham yuqori toksik birikma sanaladi. Taxminlarga ko‘ra, u onkologik kasalliklarni chaqiradi, — deb ta’kidlaydi N.D.Zelinskiy nomli organik kimyo instituti tadqiqotchi-muhandisi Olga Mulina.
Toksikolog Yevgeniy Kovalevning izohlashicha, birikmalarning xavfli ta’siri ularni ishlatgandan so‘ng o‘n yil o‘tib yuzaga chiqishi mumkin.
— Jigarga ta’sir ko‘rsatishi, sirroz, obstruktiv bronxitni keltirib chiqarishi mumkin, — deydi u.
Yaroqlilik muddati o‘tgach lakdagi tarkibiy qismlar yangi toksik birikmalarni hosil qiladi. Ko‘pgina manikyur saloni xodimlari bu moddani faqat bo‘yoq rangiga qarab farqlashadi, qadog‘ining butunligiga va ishlab chiqarilgan sanasiga e’tibor berishmaydi, deyiladi materialda.
Tirnoq laklari ishlab chiqaruvchi korxona direktori Shamil Magerramovning fikricha, aksariyat salon egalari bu turdagi kosmetik vositalarni eng arzon tarkibiy qismlardan o‘zlari yasab olishadi.
— Zaharli bo‘lsayam arzonrog‘ini olishga harakat qilishadi (bunday lakning tarkibiy qismlaridan biri – metakrilat). U roppa-rosa 30 kun saqlanadi, mijoz esa bilmasdan kelaveradi. Bu shunchaki daromad qilishning yo‘li, — deb tushuntiradi u.
Shifokorlar 3-FREE yoki 5-FREE yozuvi bo‘lgan laklardan foydalanishni maslahat berishadi. U uchta yoki beshta xavfli moddadan xoli ekanini anglatadi. Bundan tashqari, mahsulot qadog‘ida bo‘yoqning ochilgandan so‘ng qancha vaqtgacha saqlanishi mumkinligi ko‘rsatilishi zarur. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”