16:03 / 24.10.2019
3 332

Shifokor tavsiyasi: Qachon qahva ichmagan ma’qul?

Shifokor tavsiyasi: Qachon qahva ichmagan ma’qul?
Rossiyalik shifokor Andrey Tyajelnikov shamollashlar mavsumida qahva ichmaslikni maslahat beradi, deb yozadi «Xabar» nashri.
Haddan tashqari ko‘p qahva ichish organizm suvsizlanishiga olib kelishi, bu esa o‘z navbatida immunitetni tushirishi va gripp yoki o‘tkir respirator virusli infeksiyalar bilan kasallanish xavfini oshirishi mumkin.

Kuz faslida quyuq choyni ham ichmagan ma’qul. Uning o‘rniga mors, giyohlar damlamasi va oddiy suv ichishni maslahat beradi shifokor.

Tyajelnikov, shuningdek, yangi siqilgan sharbatlar ichishni, sarxil meva-sabzavotlarni yeyishni tavsiya etadi. Shifokorning ta’kidlashicha, stress va uyquga to‘ymaslik ham organizmni zaiflashtiradi. Grippga qarshi eng yaxshi himoya vaksinatsiya deb hisoblaydi tibbiyot xodimi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Shifokor tavsiyasi: Qachon qahva ichmagan ma’qul?