Muntazam ravishda me’yoridan ortiq ishlash erkaklarda soch to‘kilishi xavfini ikki karra oshirar ekan. Songyungvan universitetidagi koreyalik tadqiqotchilar xuddi shunday xulosaga kelishdi, deya tadqiqot natijalarini e’lon qilgan Medical Daily nashri.
Tadqiqotchilar 2013 yildan 2017 yilga qadar 20 yoshdan 59 yoshgacha bo‘lgan 13,4 ming nafar erkak ustidan nazorat olib borishgan. Ular sinovdan o‘tuvchilarni uch guruhga bo‘lganlar. Birinchi guruh haftasiga 40 soat, ikkinchi guruh — 52 soatgacha, uchinchisi — 52 soatdan ortiq ishlagan. Shuningdek, natijaga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan omillar, xususan, erkaklarning ishlash jadvali, yoshi, ma’lumoti, oilaviy ahvoli, zararli odatlari ham hisobga olingan.
Mutaxassislar fikricha, haftasiga 52 soatdan ko‘p ishlaydigan erkaklarda yaltirbosh bo‘lib qolish holatlari ikki marta ko‘proq uchraydi. Standart ish jadvali haftasiga 40 ish soatini tashkil etsa-da, ko‘plab xodimlar ofisda qolib, yana ma’lum vaqt ishlar ekan.
Natijalarga ko‘ra, me’yordan ortiq ishlash tufayli yuzaga keladigan stress, bosh terisida gormonal o‘zgarishlarni yuzaga keltirishi va soch follikulalari o‘sishini sekinlashtirishi mumkin. Ya’ni stress tufayli immun tizimning o‘zi soch qoplamiga hujumga o‘tishi mumkin.
Erkaklarda kallikning ilk belgilari 20-30 yoshlarda paydo bo‘ladi, shu bois ekspertlar ularga ish soati miqdori ortidan diqqat bilan kuzatib borishni tavsiya etadilar. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”