07:39 / 02.11.2019
4 819

Kalyan chekkanligi tufayli komaga tushib qolgan o‘smir qiz

Kalyan chekkanligi tufayli komaga tushib qolgan o‘smir qiz
Yuta shtatida yashovchi 18 yoshli Maddi Nelson ismli qiz, kalyan chekkanligi sababli terisiga salbiy ta’sirlarni boshidan o‘tkazdi, deya xabar beradi Healthy Food House.

Maddi uch yil oldin nol foiz nikotinli kalyan chekishni boshlagan, bosqichma-bosqich 3 mg nikotinga qadar. Bu yilning boshida u ishtahasini yo‘qotgan va bir muncha vaqt ko‘ngil aynish va ko‘krak og‘rig‘i kabi yengil alomatlarni his qilgan. Ammo ular o‘tkirlashgan, uning orqa va buyraklarida kuchli og‘riqlar bo‘lgan, juda baland darajali isitmalagandan so‘nggina kasalxonaga yotqizilgan.

Bir necha kun o‘tgach, oilaning eng yosh farzandi bo‘lgan Maddining nafas olishi qiyinlashdi. Ko‘krak qafasi rentgenogrammasi uning ahvoli og‘irligini ko‘rsatdi, shuning uchun uning oilasi va shifokorlar uni komaga solishga qaror qilishdi.

GoFoundMe sahifasida Nelsonning opasi Andrea Fullmerning yozishicha, bu qarorga kelish qiyin bo‘lgan, ammo Maddi ahvoli juda og‘irlashgan va ular endi u bilan yana gaplasholmasliklaridan qo‘rqib komaga rozilik bildirishgan.

U 3 kun komada yotdi. Shu vaqt ichida shifokorlar testlarni o‘tkazishdi va uning eozinofilik pnevmoniyadan aziyat chekayotganini aniqladilar.

Bu turli xil og‘irlikdagi kam uchraydigan o‘tkir respirator kasallik bo‘lib, u halokatli oqibatlarga olib keladigan o‘tkir respirator, ya’ni siqilish sindromi kabi namoyishni o‘z ichiga oladi.

Komadan uyg‘onganidan so‘ng, shifokorlar Maddiga uning kasalligi kalyan chekish tufayli kelib chiqqanligini aytishdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Kalyan chekkanligi tufayli komaga tushib qolgan o‘smir qiz