18:08 / 10.11.2019
2 840

Selfiga ko‘p tushadiganlarning shaxsiyati sizga qiziqmi?

Selfiga ko‘p tushadiganlarning shaxsiyati sizga qiziqmi?
Oksford lug‘atida "selfie" degan so‘zga "o‘zini-o‘zi rasmga olish" deb izoh berilgan.
Bu rasm odatda veb-kamera yoki smartfonda olinadi.

Vade (2014) ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi yillarda "selfie" atamasi kamroq qo‘llanishiga qaramay, uning tarixi aslida 1523 yilda, ya’ni rassomlar birinchi marta avtoportret rasmlarini konveks oynalarida yaratganlarida boshlangan.

Bundan tashqari, birinchi fotografiya selfisi 1939 yilda Robert Kornelius ismli amerikalik fotograf tomonidan olingan. Bugungi kunda smartfonlar texnologiyasining rivojlanishi va smartfonlardan foydalanuvchilar sonining ko‘payishi - selfilarning deyarli hamma joyda keng tarqalgan tendensiyaga aylanishiga sabab bo‘ldi.

Quyida selfi intensivligi bilan bog‘liq individual xususiyatlarni e’tiboringizga havola etamiz.

Narkisizm
Amerika Psixiatriya Assotsiatsiyasi (2013) tomonidan nashr etilgan "Ruhiy kasalliklar diagnostikasi va statistik qo‘llanmasi" ning beshinchi nashrida narkisizm tushunchasi "ulug‘vor g‘oyalar, xayoliy iste’dodlar, ekspozitsionizm va ekspozitsionizmga moyillik bilan ajralib turadigan xususiyatlardan zavq olish" deb ta’riflangan.

E’tiborni jalb qilish
E’tiborni jalb qilish harakati odatda qachonki inson boshqalarning e’tiborini qozonish maqsadida amalga oshiradigan xatti-harakatidir. Aslida, diqqatni jalb qilish xatti-harakati narsissistik xususiyat bilan bog‘liq, chunki bu diqqat markazida bo‘lishlikni yuzaga keltiradi.

Doimiy markazda bo‘lish
Odatda markazda bo‘lishni xohlagan insonlar o‘zgalardan ko‘proq o‘zini o‘ylaydigan inson bo‘ladi. Ko‘pincha ular o‘zlarining ehtiyojlari haqida bosh qotiradilar. Hattoki atrofidagilar ularga qandaydir muammo aytsalar, ularga befarq qaraydilar.

Yolg‘izlik
O‘zini yolg‘iz his qilgan insonlar ko‘pincha ijtimoiy tarmoqlardan bosh ko‘tara olmaydi. Qolaversa, selfi tushishga mukkasidan ketgan bo‘ladi. Chunki ular o‘z rasmlarini ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirgan payt, kuzatuvchilar ularga o‘zlarining ko‘plab fikr-mulohazalarini qoldirishadi. Shu orqali yolg‘izlik girdobidan qutulishga intilishadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Selfiga ko‘p tushadiganlarning shaxsiyati sizga qiziqmi?