Barchamizga ma’lumki, odatda ilonlar qo‘rquv yoki o‘zgarish belgisiga ishora qiladi. Agar kimdir tushida ilon tasvirini ko‘rsa, demak, u inson real hayotida biror bir ish boshlashdan qo‘rqayotgani yoki bo‘lmasam kelajakda sodir bo‘ladigan o‘zgarishlarga hali tayyor emasligidan xabar beradi. Siz uyingizda ilon haqida ko‘p o‘ylasangiz yoki tushingizda ko‘rsangiz, bu holat albatta shaxsiy hayotingizga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Masalan, tushda ilon tasvirini ko‘rishning umumiy ma’nolari mavjud. Ular quyidagicha:
1. Qo‘rquv
Siz hayotingizda kimdandir yoki nimadandir qo‘rqishingiz mumkin. Masalan, yelkangizga yuklatilgan mas’uliyatdan, xo‘jayiningizdan va hokazo. Agarda siz tushingizda ilon tasvirini ko‘rsangiz, real hayotingizda sodir bo‘lajak noxushliklardan oldinroq boxabar bo‘lasiz.
2. O‘sish va yangilanish
Ko‘pincha ilonlar hayotdagi o‘zgarishlar yoki yangilanishdan darak beradi. Siz hayotingizda qandaydir qiyinchiliklarga duch kelayotgan bo‘lsangiz, tushingizda ilon tasvirini ko‘rish ehtimolligi yuqori bo‘ladi.
3. Tashvishlanish
Orzularingiz puchga chiqmaguncha, tushingizda ilonni ko‘raverasiz. Bu esa o‘z navbatida stress, g‘azab va tushkunlikka tushishingizga sabab bo‘lishi mumkin.
4. Soflik
Ilon ba’zida sof orzular belgisi sifatida ham qaraladi.
5. Aql va donishlik
Amerikaning ba’zi mahalliy hududlari va Osiyo madaniyatlarida ilonlar "donolik" ramzi sifatida qaralgan. Tushda ilonni ko‘rish bu - siz izlayotgan bilim yoki biror bir narsani anglashdagi sa’y-harakatlaringiz belgisi bo‘lishi mumkin.
6. Xohish-istaklar sari undash
Ilon sizning ichki xohish-istaklaringizni namoyon qiladi. Agar tushingizda ilon sizni tishlab olsa, demak u orzularingizni ro‘yobga chiqarish uchun qandaydir turtki beradi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”