13:39 / 02.12.2019
3 193

Doʻxtirlarning oʻzlari kasal boʻlib qolishsa nima qilishadi?

Doʻxtirlarning oʻzlari kasal boʻlib qolishsa nima qilishadi?
Foto: AiF
Terapevt, revmatolog, dermatolog, urolog, psixolog, shuningdek, fizika va matematika boʻyicha fan doktorlari betob boʻlib qolishganida qanday choralar qoʻllashlarini aytishdi.

Oʻzim betob boʻlib qolsam, bemorlar bilan muloqotni cheklayman, qoʻllarimni tez-tez sovunlab yuvib, niqob taqib yuraman. Gripp profilaktikasi uchun barchaga emlanishni tavsiya qilaman. Agar kasallikni yuqtirishga ulgurgan boʻlsangiz, dam oling, suyuqlikni koʻproq iching. Shaxsan menga limon qoʻshilgan qaynoq suv maʼqul.
Yen Nelligan,
terapevt

Mazam qochsa shunday yoʻl tutaman:
- Kuniga olti-sakkiz stakan suv ichaman.
- Odatdagidan bir-ikki soat erta uyquga yotaman.
- Kasallikni yengillatish uchun retseptsiz beriladigan dorilarni qabul qilaman.
- Jinsiy aloqa mumkinmas.
- Qoʻllarimni tez-tez yuvaman.
Robert Maklin,
revmatolog

Eng asosiysi — profilaktika, shuning uchun har yili grippga qarshi ukol olaman. Kundalik tartib va jismoniy faollikka amal qilaman. Shundayam grippni yuqtirib olsam, S vitamini va rux qabul qilaman. Ayrim tadqiqotlarga koʻra, bular kasallik oʻtishini yengillashtirarkan.
Entoni Rossi,
dermatolog

Kasallik taʼtiliga kamdan-kam chiqaman. Kuniga yettita operatsiyam bor, hatto dam olish kunim ham yoʻq. Oddiy shamollashni oyoqda turib oʻtkazaman: dori ichib, niqob taqaman. Agarda gripp boʻlib qolsam, boshqalarga yuqmasin deb uyda qolaman.
Jamin Brambxatt,
urolog

Kasal boʻlib qolsam, oʻzimga kasal boʻlishga ruxsat beraman. Uncha shoshilinch boʻlmagan ishlarni keyinga qoldiraman, ishchanligimni sal susaytiraman. Stress darajasining pasayishi — immun tizimi uchun foydali. Yana organizmimga diqqat bilan quloq tutib, u nimani talab qilsa, shuni beraman.
Janett Reymond,
psixolog

Men doktorman, ammo shifokor emasman, shunga qaramay, isitma boshlanganidan keyin endi bir nima qilish kechligini tushunaman. Kasallik simptomlariga qarshi kurashishga urinaman, organizmim oʻzi bir qarorga kelishini bir-ikki hafta kutaman.
Aleks Klos,
doktor, fizik

Matematik tadqiqotlarda sizning maqsadingiz — muammoni yechimga ega boshqa muammoga taqqoslab koʻrishdir. Agarda siz kasal boʻlib qoldingizmi, shunchaki eslang: oxirgi marta qanday tuzalib ketgansiz, matematik nuqtayi nazardan siz sogʻayishingiz aniq.
Mettyu Zaremskiy,
doktor, matematik

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Doʻxtirlarning oʻzlari kasal boʻlib qolishsa nima qilishadi?