Kunlardan bir kuni boy-badavlat kishi o‘g‘lini qishloqqa olib bordi. Bu sayohatdan ko‘zlangan maqsad bitta edi, odamlarning qanchalar faqir bo‘lishlari mumkinligini o‘g‘liga ko‘rsatish.
O‘ta kambag‘al bir oilaning tomorqasida bir kecha va bir kunduzni o‘tkazdilar.
Safardan qaytishda ota o‘g‘lidan so‘radi:
"O‘g‘lim, odamlarning qay darajada qashshoq bo‘lishlari mumkinligini ko‘rdingmi?"
"Ha!"
"Xo‘sh, bundan qanday saboq olding?"
O‘g‘li javob berdi: "Shuni ko‘rdim: bizning uyda bitta it bor, ularda esa to‘rtta. Biznikida bog‘imizning o‘rtasigacha cho‘zilgan bir hovuzimiz bor, ularning esa oxiri ko‘rinmaydigan daryolari bor. Bizning bog‘da chetdan keltirilgan lampalar bor, ularning esa yulduzlari. Bizning ko‘rish maydonimiz old hovliga qadar, ular esa butun boshli ufqni ko‘radilar".
U so‘zini tugatganda otasi gapirishga so‘z topolmay qolgandi.
O‘g‘il qo‘shimcha qildi:
"Rahmat, otajon, qanchalik faqir ekanligimizni ko‘rsatganingiz uchun!"
Alisher Sultonxo‘jayev
Manba: Azon.uz “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mashhur kosmetolog Krishtianu Ronalduni sudga berdi
BAAda isroillik rohibning o‘limida gumonlanayotgan o‘zbekistonliklar ushlandi
Bog‘, sayilgoh va xiyobonlarni xususiylashtirishni taqiqlovchi hujjat loyihasi ishlab chiqildi
Qirg‘iziston budjetiga korrupsionerlardan misli ko‘rilmagan miqdorda mablag‘ qaytarildi
Britaniyada davlat idoralari o‘z xodimlariga mamlakat bo‘ylab parvozlarni taqiqlashni boshladi
Isroillik ravvinni o‘ldirishda gumonlangan uch kishi ushlandi
Rossiya Ukrainaga “zudlik bilan” mahbuslarni almashishga tayyorligini bildirdi
Netanyaxu Livanda o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘ldi