Bo‘lar-bo‘lmasga asabiylashmaslik uchun profilaktika maqsadida nerv tizimini mustahkamlashga alohida e’tibor berish zarur.
«Nerv tizimini yoqtirgan mashg‘ulotlar yordamida ham mustahkamlasa bo‘ladi», — deydi rossiyalik shifokor-psixoterapevt Boris Bogomislov.
Ular nafaqat yoqimli ish bilan band bo‘lishga, balki kun davomida yig‘ilib qolgan zo‘riqish va salbiy fikrlardan qutulishga ham ko‘maklashadi. Nerv zo‘riqishiga qarshi kurashishda turli muolajalar qo‘l keladi: har kungi gimnastika (ayniqsa, ertalab), kontrast dush, suzish.
Shuningdek, Jekobson bo‘yicha nerv-mushak relaksatsiya usuli bor. U juda oddiy bo‘lib, xohlagan odam bajarishi mumkin. Mashq turgan yoki o‘tirgan holda bajariladi. Vazifa – butun tanadagi mushaklarni maksimal darajada zo‘riqtirish. Yuz, bo‘yin, yelka, qo‘l, tos, oyoq – bularning hammasi kuchli zo‘riqtirilishi zarur.
Masalan, yuz mushaklarini peshanani burishtirish va tishlanish orqali zo‘riqtirsa bo‘ladi. Keyin har nafas chiqarganda odam o‘zini bo‘sh qo‘yishi lozim. Buni bir necha marta takrorlash darkor. Natijaga erishish uchun muntazam bajarib turishga to‘g‘ri keladi. Bu nervlarni mustahkamlab, bo‘lar-bo‘lmasga asabiylashishdan asraydi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Gavining qilig‘i Flikka yoqmadi: “Aql o‘rgatishni senga kim qo‘yibdi?”
Qashqadaryoda erkak ayoli va chaqalog‘ini o‘ldirib, so‘ng o‘z joniga qasd qildi
27 noyabr kuni kuzatiladigan ob-havo to‘g‘risida ma’lumot
Bayden hozircha Ukrainani NATOga taklif etishga chaqirmaslikka qaror qildi
Oq uy Ukrainaga Rossiya hududiga ATACMS raketalarini qo‘llashga ruxsat berganini tasdiqladi
Sharmandali mag‘lubiyatdan keyin murabbiy futbolchilarni qamab qo‘ydi
AQSHda amaldorlar Tramp tufayli ommaviy ravishda xususiy sektorga ketib qolmoqda
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi raisi lavozimiga saylandi