09:00 / 29.02.2020
3 370

Shokolad iste’moli saratonga chalinish xavfini kamaytirishi aniqlandi

Shokolad iste’moli saratonga chalinish xavfini kamaytirishi aniqlandi
Shokolad butun dunyoga mashhur shirinlikdir. U qadimdan kakao donalaridan tayyorlanib kelinadi. Uni ham tanovvul qilish mumkin, ham muzqaymoq, konfetlar va boshqa mahsulotlar uchun xushbo‘ylashtirgich vositasi sifatida qo‘llash mumkin. Shokolad dastlab Meksika va Markaziy Amerikadan kirib kelgan.

Tarixchilar Mayya qabilasi tropik o‘rmonlardan yovvoyi kakao daraxtlarini olib, o‘zlarining bog‘lariga ekishgan deb hisoblashadi. Ular ushbu meva urug‘larini maydalab, suv va ziravorlar bilan aralashtirishgan hamda qaynoq ichimlik tayyorlashgan ekan. 16 asrda ispan tadqiqotchilari kakaoni Yevropaga olib kelishgan va undan qilingan ichimlik qisqa vaqt ichida, ayniqsa, qirollar, qirolichalar va aslzodalar orasida mashhur bo‘lib ketgan.

Zamonaviy shokolad batonlari kakao moyiga shakar va sut qo‘shish yo‘li bilan tayyorlanadi. Keyin ushbu pasta turli shakllarda aralashtiriladi.

Hamma shokolad kaloriyaga boy ekanligini biladi. Ammo uning tarkibida uglevodlar, yog‘lar, boshqa vitamin va minerallar ham bor. Shuning uchun mazkur mahsulot sport bilan shug‘ullanish yoki og‘ir mehnat qilishda yetarli quvvat bera oladi.

Olimlar shokoladni iste’mol qilish qon bosimini tushirish, yurak-qon tomir va saraton kasalliklari xavfini kamaytirishini aniqlashdi. Biroq shokoladning salbiy tomonlari ham bor. Bu shirinlik odamni o‘ziga bog‘lab qo‘yishi va semirishga olib kelishi, me’yoridan ortiq tanovvul qilish esa kariyesga sabab bo‘lishi barchaga ayondir.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Shokolad iste’moli saratonga chalinish xavfini kamaytirishi aniqlandi