23:09 / 02.03.2020
4 136

Shifokor fikri: Koronavirus tufayli soqolni qirish kerakmi?

Shifokor fikri: Koronavirus tufayli soqolni qirish kerakmi?
Trixolog-shifokor Olga Koxas Sputnik radiosiga bergan intervyusida yuqumli kasallik davrida soqol va mo‘ylovini qirish kerakmi degan savolga javob berdi.

Koronavirusning yangi turining dunyo bo‘ylab tarqalishi bir qator afsonalarni keltirib chiqardi. Masalan, tibbiy niqobni kiyganda, erkaklar yuzga yopishib turishi uchun soqolni qirib tashlashlari kerak degan fikrlar paydo bo‘ldi.

Bunday fikrlarga hech qanday asoslar yo‘q, deydi Olga Koxas.
Koronavirus shanchalik maydaki, teri orqali o‘tadi. Odam kiyimsiz yursa, kasal bo‘lish ehtimoli ko‘proq. Soqol va mo‘ylov – bu uzun sochlar, sochlar esa himoya funksiyasiga ega. Soqol va mo‘ylov - bu himoya deb, ta’kidlagan bo‘lardim”, - deb ta’kidladi shifokor.

Biroq, bu himoya faqat gigiyena qoidalariga rioya qilgan holda o‘z natijasini beradi, deydi shifokor.
Soqol va mo‘ylovni parvarish qilish kerakligini anglash kerak. Soqolni nafaqat suv bilan, balki shampunlar bilan yuvish kerak. Agar yuzdagi sochlar ostidagi toshmalar bo‘lsa, soqol ostidagi terini tozalaydigan antiseptik bilan maxsus vositalardan foydalanish kerak. Soqolni har qanday sharoitda, turli mavsumda parvarish qilish, viruslar deb qirib tashlamaslik kerak. Soqol - bu dushman, deb aytmayman. Bu yerda virus, ayniqsa koronavirusning tarqalishiga yordam bermaydi”, - dedi shifokor.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Shifokor fikri: Koronavirus tufayli soqolni qirish kerakmi?