Angliyada mexanik bo‘lib ishlaydigan Tomas ismli kishi bor edi. U taomini zo‘rg‘a topib yerdi. Alloh taolo unga bir qiz farzand ato qilgandi. Qizi besh yoshga kirganida oyoq paylariga tuzalmas dard tegib, bo‘yi o‘smay qoldi. Keyin bilishsa, u endi yurolmas ham ekan. Tomas qachon uyga qaytib, qizining xonasiga kirsa, uni yig‘lab o‘tirgan holda ko‘rardi. Buni ko‘rib qizining oldidan chiqib jahl qilib devorlarni tepar, baqirar va turli ichimliklar ichar edi. U har doim “Nima uchun, Xudo, meni kambag‘al qilding, uning ustiga qizimni ham shu ahvolga solding?” – deb nolib yurardi.
Bir kun u ishga bordi, u yerda bir do‘stiga shikoyat qildi. Do‘sti: “Ey birodar, qizlar bu Allohning Jamol degan sifatining sirlaridan biridir, ya’ni Alloh taolo qizlarga O‘zining Jamol sifatidan ba’zi sirlarni yashirib qo‘ygan. Uni qidirib topish kerak, harakat qilish kerak, qizingga yaqin bo‘lib, sirlardan foydalanib qol. Alloh taolo bu dunyoda senga bergan qiz farzandingdagi sirini bir kun senga oshkor qiladi” deydi.
Bu gapdan keyin Tomas ishdan chiqib uyga qaytdi. Har doimgidek qizi yig‘lab o‘tirar edi, odatda ota bu holatdan keyin chiqib jahl qilib hamma narsani urib asabiylashar edi. Lekin bugun unday qilmadi va qizini orqasiga mindirgancha xona bo‘ylab yurishni boshladi. Qiz yig‘lashdan to‘xtadi, bu holatdan Tomas yana ham tezroq yura ketdi, qiz asta kula boshladi. Birozdan keyin qizcha qo‘llarini qushning qanoti kabi ko‘tarib qiqir-qiqir kula boshladi. Buni ko‘rib Tomasning shavqi oshib, ancha yildan beri mahzun qalbida baxt degan narsani his qildi. Bundan mast bo‘lib qizini kiyintirib ko‘chaga olib chiqdi. Kunlar o‘tib bu odat tusiga kirdi.
Bir kuni uning qo‘shnisi ko‘rib “Tomas, anchadan buyon har kuni yugurib yurganingni kuzataman. Yilda bir marta bo‘ladigan Britaniya Qirolichasining hayriya marafonida qatnashib ko‘rmaysanmi?” – deb taklif bildirib qoldi. Tomas o‘ylab ko‘rishini aytdi va marafon boshlanadigan kuni ishtirokchilar bilan safga turdi. Tomas o‘shanda marraga uchinchi bo‘lib kelgan, lekin hammaning nazari unda edi. Chunki u yelkasida opichib olgan nogiron qizi bilan boshqalardan ajralib turardi.
Shundan keyin ota va qiz har kuni mashq qilishga tushishdi, harakat qilishdi va keyingi yilgi marafonda marraga birinchi bo‘lib kelishdi. Unga “Marafon g‘olibi va farzandiga eng yaxshi e’tibor beruvchi mehribon ota” sifatida qirolicha tomonidan to‘qqiz million dollar mukofot berildi.
Shu kundan boshlab Tomas Buyuk Britaniyaning milionerlaridan biriga aylandi. U pulining bir qismiga shirkat ochib, peshtoqiga: “Qizlar – bu Allohning Jamol degan sifatining sirlaridan biridir”, – deb yozib qo‘ydi. “Va unga o‘zi o‘ylamagan tarafdan rizq berur” degan Alloh taologa hamdu sanolar bo‘lsin! “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
AQSHda 10 yoshli bola politsiyaga qo‘ng‘iroq qilib, matematikadan uy vazifasini bajarishda yordam so‘radi
Rossiya Davlat dumasiga rus tilini bilmaydigan migrant bolalarni maktablarga kiritishni taqiqlash loyihasi kiritildi
Migren, klaster sefalgiya, zo‘riqish... Bosh og‘rig‘ining necha turi mavjud?
Sayxunobodda qarzdor otadan salkam 75 mln so‘m aliment pullari undirildi
Xonanda Munisa Rizayeva ilk marta ona bo‘ldi
Kipr hukumati rossiyalik va ukrainalik milliarderlarning «oltin» pasportlarini olib qo‘ydi
Eron oliy rahnamosi Netanyaxuni qatl qilishga chaqirdi