19:03 / 15.03.2020
4 977

Koronavirusdan saqlanishda har bir fuqaro amal qilishi kerak bo‘lgan tavsiyalar

Koronavirusdan saqlanishda har bir fuqaro amal qilishi kerak bo‘lgan tavsiyalar
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi kasallikdan saqlanish uchun har bir fuqaro amal qilishi kerak bo‘lgan tavsiyalarni keltirdi.

- avvalo chet elga borishni rejalashtirishda dunyodagi epidemik vaziyat bo‘yicha to‘liq ma’lumotlardan xabardor bo‘ling!
- zarurat bo‘lmagan taqdirda ommaviy tadbirlarda ishtirok etishdan imkon qadar cheklaning!
- qo‘llarni tez-tez, yaxshilab sovun bilan yuving va spirtli dezinfeksiyalovchi vositalardan foydalaning!
- farazandlaringizning qo‘l yuvishini doimiy nazoratga oling!
- yuz-ko‘zingizni notoza qo‘l bilan ushlamang!
- uy hayvonlarini boqishda, asrashda gigiyena qoidalariga qat’iy rioya qiling!
- odamlar oldida yo‘talganingizda yoki aksirganingizda og‘zingiz va burningizni dastro‘mol, salfetka yoki bukilgan tirsagingiz bilan to‘sing!
- shamollash yoki gripp alomatlari bor odamlar bilan yaqin, yuzma-yuz muloqot qilishdan cheklaning!
- ovqatlanishda yaxshilab pishirilgan, asosan qaynatilgan va qovurulgan taomlardan iste’mol qiling, iste’mol qilinayotgan go‘sht va sut - mahsulotlarining yaxshilab pishganligiga ishonch hosil qiling!
- isitma, yo‘tal va nafas qisishi holatlari paydo bo‘lganda darhol shifokorga murojaat qiling!
- Eng asosiysi, shaxsiy gigiyena qoidalariga qat’iy rioya qiling!

Agarda sizda COVID-19 koronavirus infeksiyasi va u bilan bog‘liq vaziyat yuzasidan qo‘shimcha savol tug‘ilsa, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligining 71 276-49-66 telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Koronavirusdan saqlanishda har bir fuqaro amal qilishi kerak bo‘lgan tavsiyalar