17:35 / 24.03.2020
3 543

Epidemiologlar koronavirusdan o‘limlarning o‘rtacha yoshini aniqladilar

Epidemiologlar koronavirusdan o‘limlarning o‘rtacha yoshini aniqladilar
Germaniyaning Robert Kox instituti virusologlari koronavirusdan o‘lim darajasining o‘rtacha yoshni aniqladilar. Olimlarning fikriga ko‘ra, bu 82 yoshdir.
Muassasa rahbari Lotar Vilerning ta’kidlashicha, o‘rtacha 45 yoshdagi insonlar kornavirusni yuqtirish ehtimoli yuqoriligini aytdi.

Shifokorlar COVID-19 pnevmoniyasini keltirib chiqaradigan virus qariyalar uchun, shuningdek, immuniteti jiddiy kasalliklar tufayli zaiflashgan kishilar uchun alohida xavf tug‘dirishi haqida bir necha bor ogohlantirgan. Virus ayollarga qaraganda erkaklarga ko‘proq hujum qiladi.

Bugun Kox instituti, Germaniyada 27500 kishi koronavirusni yuqtirganini va shu bilan birga, ushbu virus tufayli halokatli natijalar kam bo‘lib, ya’ni 114 nafarligini ma’lum qildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Epidemiologlar koronavirusdan o‘limlarning o‘rtacha yoshini aniqladilar