00:23 / 31.03.2020
5 173

Koronavirusni dori-darmonlarsiz ham davolasa bo‘ladimi?

Koronavirusni dori-darmonlarsiz ham davolasa bo‘ladimi?
Illustrativ surat
Avstraliyaning Melburn universiteti olimlari mustahkam immunitetga ega odamlarning organizmi koronavirus infeksiyasini mustaqil ravishda yengishga qodir degan xulosaga kelishdi. Tadqiqot natijalari “Nature Medicine” jurnalida e’lon qilindi.

Tadqiqot ob’ekti sifatida COVID-19 alomatlari (holsizlik, nafas qisilishi, quruq yo‘tal va isitma) bilan kasalxonaga yotqizilgan Xitoyning Uxan shahridan bo‘lgan 47 yoshli ayol tanlab olindi. Ta’kidlanishicha, bemorda surunkali kasalliklar hamda zararli odatlar bo‘lmagan.

Davolanish jarayonida esa shifokorlar tomonidan ayolga hech qanday antibiotik yoki virusga qarshi dorilar buyurilmagan. Mutaxassislar qo‘llagan yagona chora bu organizmdagi suv muvozanatini saqlash uchun suyuqlikni tomir ichiga yuborish bo‘lgan.

Natijada bemor ikki haftadan so‘ng to‘liq tuzalgan. Uning qon tahlillari natijalari immun tizimining hujayralari ko‘payganligini ko‘rsatgan.

Qayd etilishicha, 47 yoshli ayolda kuzatilgan bu jarayon odatiy mavsumiy grippga qarshi kurashda tananing xarakterli reaksiyasi hisoblanadi.

“Bizning tadqiqotlarimiz shuni ko‘rsatdiki, COVID-19 yangi virus tufayli yuzaga kelgan bo‘lsa ham, unga qarshi immun tizimining kurashi xuddi organizmning gripgga qarshi turish bilan bir xil“, dedi tadqiqot mualliflaridan biri Ketrin Kedzirska.

Olimlarning ta’kidlashicha, bu hodisa sog‘ayish jarayonlarini tushunishga qaratilgan jiddiy qadam bo‘lib, tadqiqot natijalaridan kasallikni davolash usullarini takomillashtirish uchun foydalanish mumkin.

Jons Xopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda koronavirus infeksiyasi 177 mamlakatda qayd etilgan. Ushbu kasallikni 723 700 dan ortiq odam yuqtirgan, 152 mingdan ortiq odam sog‘ayib ketgan. Shuningdek, 34 mingdan ortiq o‘lim holati qayd etilgan.

O‘zbekistonda esa koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 149 nafarni tashkil etmoqda. 7 nafar bemor tuzaldi. Ikkita o‘lim qayd etilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Koronavirusni dori-darmonlarsiz ham davolasa bo‘ladimi?