Foto: «Pixabay»
Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti koronavirus pandemiyasi davrida to‘g‘ri parhez haqida o‘z tavsiyalarini berdi, deb yozadi «RIA Novosti».
Muassasaning ta’kidlashicha, hatto mahsulotlar soni va miqdori cheklangan bo‘lsa-da, foydali oziqlanishda davom etish lozim. Bundan tashqari, boshqalarning ham ehtiyojini unutmagan holda ortiqcha xarid qilmaslik darkor.
«Uyda nima bor-yo‘qligini tekshirib, xaridni rejalashtirish zarur», — deb maslahat berishdi tashkilotdagilar. Shuningdek, oldin sotib olingan mahsulotlarni ham unutmaslik, saqlash muddati kamroq bo‘lgan mahsulotlarni birinchi o‘rinda ishlatish kerak.
JSST, eng avvalo, sarxil va tez ayniydigan mahsulotlarni iste’mol qilishni, foydali taomlarni mustaqil tayyorlashni, buning imkoni bo‘lmagandagina sinalgan kompaniyalarga buyurtma berishni maslahat berdi.
Tashkilot alkogol, shakar, tuz va yog‘lar iste’molini cheklashni, ko‘p suyuqlik ichish va kletchatka yeyishni tavsiya etadi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
AQSHda 10 yoshli bola politsiyaga qo‘ng‘iroq qilib, matematikadan uy vazifasini bajarishda yordam so‘radi
Rossiya Davlat dumasiga rus tilini bilmaydigan migrant bolalarni maktablarga kiritishni taqiqlash loyihasi kiritildi
Migren, klaster sefalgiya, zo‘riqish... Bosh og‘rig‘ining necha turi mavjud?
Sayxunobodda qarzdor otadan salkam 75 mln so‘m aliment pullari undirildi
Xonanda Munisa Rizayeva ilk marta ona bo‘ldi
Kipr hukumati rossiyalik va ukrainalik milliarderlarning «oltin» pasportlarini olib qo‘ydi
Eron oliy rahnamosi Netanyaxuni qatl qilishga chaqirdi