2 191
Olimlar koronavirus pandemiyasi ommaviy vazn ortishiga olib kelishini prognoz qildi
Foto: Pixabay
Dietologlarning fikricha, pandemiya odamlarda ommaviy vazn ortishini keltirib chiqaradi. Bu haqda Daily Mail yozmoqda.
«Ushbu holat kam harakatli hayot tarzi va uyda ko‘p ovqat iste’mol qilish bilan bog‘liq», — deyiladi xabarda.
Buyuk Britaniyalik dietolog Jennifer Obertning ta’kidlashicha, hozirgi kunda odamlar stress holatida, bu esa ularni nosog‘lom ovqatlanishga undaydi.
Mutaxassislar karantin paytida odamlarga avvalgi tana vaznini saqlab qolish juda qiyin bo‘lishini aytmoqda.
«Ortiqcha vazn to‘plash hammamizda kuzatiladi. Hatto karantinda sport bilan shug‘ullanishga harakat qilayotganlarda ham», — deydi fransiyalik trener va dietolog Julian Merse.
Vazn ortishi bolalarga ham taalluqli. Ota-onalar o‘z farzandlariga ko‘chada tengdoshlari bilan o‘ynashlari o‘rniga uyda shirinliklar yoki «zarar»li mahsulotlar yeyishga ruxsat beradi.
Mutaxassislar ortiqcha vazn to‘plamaslik uchun kun tartibiga rioya qilish hamda uy sharoitida sport bilan shug‘ullanishni tavsiya qilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
AQSHda 10 yoshli bola politsiyaga qo‘ng‘iroq qilib, matematikadan uy vazifasini bajarishda yordam so‘radi
Rossiya Davlat dumasiga rus tilini bilmaydigan migrant bolalarni maktablarga kiritishni taqiqlash loyihasi kiritildi
Migren, klaster sefalgiya, zo‘riqish... Bosh og‘rig‘ining necha turi mavjud?
Sayxunobodda qarzdor otadan salkam 75 mln so‘m aliment pullari undirildi
Xonanda Munisa Rizayeva ilk marta ona bo‘ldi
Kipr hukumati rossiyalik va ukrainalik milliarderlarning «oltin» pasportlarini olib qo‘ydi
Eron oliy rahnamosi Netanyaxuni qatl qilishga chaqirdi