Tarkibida yashirin plastik mavjud bo‘lgan 5 ta narsa

Tarkibida yashirin plastik mavjud bo‘lgan 5 ta narsa
Bugungi kunda ko‘cha-ko‘y, ariqlar, yon-atrof va umuman tabiatni ifloslantirayotgan plastik mahsulotlar juda ko‘p. Quyida yashirin plastik mavjud 5 ta narsani keltirib o‘tamiz. Chiqindini kamaytirish uchun quyidagilardan voz kechish kerak:
⠀
• Choy paketchalari. Bir qarashda ular qog‘ozdan yasalgandek ko‘rinsada, ularning ichiga polipropilen qo‘shiladi va paketchalar qayta ishlanmaydi.
• Nam sochiqchalar sintetik sellyuloza va plastik tolalardan yasaladi. Ular ham qayta ishlanmaydi.
• Dengiz tuzi. Greenpeace tadqiqotlariga ko‘ra 90 foizgacha tkshirilgan dengiz tuzining tarkibida mikroplastik mavjud
• Saqich. Saqichning tarkibida neftdan tayyorlangan plastik bor.
• Tetrapak qadog‘i. Sharbat, sut, kefir qadoqlari tarkibida karton, aluminiy va polietilen bo‘ladi. Uni qayta ishlab bo‘lmaydi.

Balki bulardan voz kechsak, oz bo‘lsada mamlakatimiz toza bo‘lar?!

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar