Kibr — ko‘pchilikning ichida qadr-qimmati balandligi va noyoblik hissi, bularning bari birovdan o‘zini ustun qo‘yishdan kelib chiqadi. O‘ta kuchayib ketgan O‘ZLIK takabburlik, birovdan nafratlanish, kimnidir kamsitmoqlikni tug‘dirib chiqaradi.
Haddan tashqari kekkayish, mag‘rurlik yoki kibru-havolanish hissi bir paytning o‘zida ham qiyin, ham oson. Adlerning tadqiqotlariga ko‘ra, odamni tug‘ma ijobiy xislatlari yetarli bo‘lmagan kompleks tuyg‘ular boshqaradi. Xuddi shu tuyg‘ular kibrni keltirib chiqaradi. O‘zini o‘zi hurmat qilishda kibr asosiy vazifani bajaradi.
Kuchaygan O‘ZLIKning yaxshi tarafi biz imkon qadar imkoniyatlardan foydalana olishimiz mumkin. Yomon tomoni esa xom xayollarga berilib, odamlar va jamiyatdan ajrab qolib, o‘ziga o‘zi qarshilik qila boshlaydi.
Avjiga chiqqan kibrning ayrim alomatlari:
- Doimo va har bir narsada haq bo‘lish;
- Doimo g‘olib bo‘lish;
- Barcha narsalar o‘zining xohish istaklari bo‘yicha bo‘lishi;
- Birovlarning xatti-harakatlari va taqdiri uchun javobgarlikni bo‘yniga olishi;
- Maslahatlarga quloq solmasligi;
- Yordam ko‘rsatish zarurati tug‘ilsa, nazar-pisand qilmaslik;
- Hech kim so‘ramasa ham, maslahatlar berish;
- Aytgan gapi va fikrida qat’iy turib olish;
- Birovga chin ko‘ngildan minnatdorchilik bildirish.
Kibr tufayli atrofdagilarga bo‘lgan nafrat va odamlardan ko‘ngil sovib ketishi holatlari yuz beradi. Bunday odam boshqalar bilan munosabatda ichki ziddiyatlari tufayli ko‘proq nizo va janjallarga uchraydi.
Kibrni o‘ldirish yo‘llari
1. O‘zingizga yoqmagan ishlarni bajarish.
O‘zining qadr-qimmatidan past hisoblangan ishlarni bajarish, kibrni yo‘qotishda muhim o‘rin tutadi.
2. Xayolan ta’zim qilish.
Birortasi bilan uchrashganda unga xayolan ta’zim qiling. Ta’zim qilish azaldan birovni o‘zidan yuqori olish taomili hisoblangan.
3. Gapirayotgan odamga ko‘proq e’tiborli bo‘lish.
Avval uni tushunishga harakat qilish va uni tushunish. Jimgina suhbatdoshni tinglab, darhol javob qaytarmay, har bir so‘zini ma’nosiga e’tibor qaratish zarur.
4. Odamlarni tushunish.
Har kim ham siz aytgandek bo‘lavermaydi. Odamlarni qanday bo‘lsa shunday qabul qilish kerak, hattoki sizga yoqmasa ham.
5. Har kuni minnatdorchilik bildiring!
Siz tomonga bo‘lgan har qanday yaxshiliklar uchun bildirilayotgan minnatdorchilik, chin ko‘ngildan bo‘lsin. Hattoki, arzimas bo‘lsa ham.
Har kuni taklif qilinayotgan yo‘llarni birini tanlab, amalda qo‘llashga harakat qiling. Takliflar sodda bo‘lsa ham, ammo chuqur ma’noga ega. Natijasi odamlarning sizga bo‘lgan munosabatlaridagi samimiylik, minnatdorchilik his-tuyg‘ularida o‘zini namoyon etadi. Va kibr o‘zidan o‘zi ketadi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Ukraina Qurolli kuchlari komandiri mojaro haqida dahshatli prognoz qildi
Turk aktyorlarining tomoshabinlar yodida qolgan eng mashhur rollari
Shahram G‘iyosovning Eymantas Stanionisga qarshi jangi sanasi ma’lum bo‘ldi
Shavkat Mirziyoyevga avtomobil sanoatidagi rejalar haqida axborot berildi
Tayvanning sobiq prezidenti Ukraina borasida kutilmagan bayonot berdi
Ro‘ziqul Berdiyev: "12 ta mag‘lubiyatsiz seriya qayd etgandik, hozir esa ketma-ket to‘rtta mag‘lubiyat"
2025 yili 2 mln gektardan ziyod yerda meva-sabzavot, dukkakli va poliz mahsulotlari ekiladi