Inson salomatligi va qanday oziqlanishi zarurligi borasida tadqiqotlar olib borgan olimlar ro‘za va saharlik dasturxoni masalasida ham o‘z xulosalarini bayon qilganlar. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati kanalida ma’lum qilindi.
Ularning fikriga ko‘ra, saharlik dasturxoni oqsillarga boy bo‘lishi kerak. Xususan, go‘sht, yog‘lar va sabzavotlardan tayyorlangan taomlardan iborat bo‘lishi lozim.
Go‘sht inson organizmida 16 soat davomida parchalanadi. Dimlangan qo‘y go‘shti, qovurilgan jo‘ja, sabzavotli quymoqlar kishini to‘q tutadi.
Ammo ularni iloji boricha guruch va non mahsulotlaridan alohida iste’mol qilgan ma’qul. Guruch va non kabi kraxmal va uglevodlarga boy mahsulotlar oshqozonda ishqoriy muhit yaratilishini talab qiladi. Ammo oqsillarni parchalovchi pepsin fermenti ishqoriy muhitda kuchini yo‘qotadi.
Demak, ikki xil ozuqa guruhiga mansub mahsulotlarni parchalovchi fermentlar birga ishlay olmaydi, bu esa oshqozonga tushgan ovqatning bijg‘ishiga olib keladi. Natijada qorin dam bo‘lishi, jig‘ildon qaynashi kabi holatlar vujudga keladi.
Bundan tashqari, xarid qilayotgan mahsulotlarimiz, xususan go‘shtning halol-pokiza insonlar yetishtirgani, ro‘zadorning tanasiga sof quvvat berishiga alohida ahamiyat bermoq lozim. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Singapurda jahon shaxmat toji uchun bahs boshlandi
"Yirtqich" ovga chiqdi...
Namanganda olib qochilgan avtomobil «Qamchiq» dovonida to‘xtatildi
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
Xitoy Yaponiya va sakkizta davlat fuqarolariga vizasiz rejimni joriy etadi
Ro‘ziqul Berdiyev: "12 ta mag‘lubiyatsiz seriya qayd etgandik, hozir esa ketma-ket to‘rtta mag‘lubiyat"
Peskov AQSHning amaldagi ma’muriyatini Ukrainadagi vaziyatni keskinlashtirishda aybladi