
Foto: «Gastranom»
Oddiy kotlet tayyorlash va iste’mol qilishdan charchaganlar e’tiboriga «lo‘li kabob» retseptini taqdim qilamiz.
Buning uchun quyidagi mahsulotlar kerak bo‘ladi:
Go‘sht — 0,5 kg
Piyoz 3 dona
Sarimsoq piyoz
Tuxum 2 dona
Mayonez — 1 osh qoshiq
Tuz va ziravorlar
Tayyorlanish jarayoni:
1. Qiyma maydalagichdan go‘sht va piyozni chiqarib aralashtiring.
2. Carimsoq piyoz, mayonez, tuxum, tuz va ziravorlarni qo‘shing.
3. Tayyor qiymani bir necha soatga muzlatkichga qo‘ying.
4. Tayyor masalliqdan kaboblarni patnisga tering
5. 180 daraja qizigan pechda 25 daqiqa pishiring.
Tayyor kaboblarni garnir bilan qo‘shib yeyishingiz mumkin. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar