Xolesterinning ko‘payishi salomatlikka, xususan, yurak-qon tomir kasalliklariga olib kelishi mumkin. Organizmda xolesterin miqdori biz amal qiladigan hayot tarzi va iste’mol qiladigan mahsulotlar bilan bog‘liq. Cosmopolitan nashri xolesterinni kamaytirish xususiyatiga ega mahsulotlar ro‘yxatini taqdim qildi.
Zaytun moyi
Milliy taomlari zaytun moyi qo‘shib tayyorlanadigan mamlakatlarda yurak kasalligi bilan vafot etganlar soni kamchilikni tashkil qiladi. Zaytun moyi qondagi «yomon» (past zichlikdagi lipoprotein bilan bog‘liq) xolesterinni kamaytirib, «yaxshi» (yuqori zichlikdagi lipoprotein bilan bog‘liq) xolesterinni ko‘paytiradi, ya’ni qon tomirlari devorlarida blyashka (zararlangan qon tomirlardagi xolesterin birikmasi) paydo bo‘lishining oldini oladi.
Avokado
Avokado omega-3 yog‘ kislotasi, kaliy va lyuteinga boy hisoblanadi. Ushbu mahsulotni bir oy davomida iste’mol qilish natijasida qondagi past zichlikdagi lipoprotein sezilarli darajada kamayadi.
Losos go‘shti
Losos tarkibida xolesterin miqdorini me’yorlashtiruvchi va qon tomirlarda tromb paydo bo‘lishini oldini oluvchi katta miqdordagi omega-3 yog‘ kislotalari mavjud
Piyoz
Ayniqsa, qizil piyoz xolesteringa qarshi samarali vosita hisoblanadi. U qon tomirlarni blyashkalardan tozalaydi. Bir kunda yarimta piyoz yeyish qondagi «yaxshi» xolesterin 30 foizga ko‘payishiga sabab bo‘ladi.
Loviya
Klechatkali mahsulotlar xolesterin so‘rilishini tezlashtirish xususiyatiga ega ekanligi bilan yurak-qon tomir salomatligi uchun ahamiyatli hisoblanadi. Donli mahsulotlar klechatkaning asosiy manbayi hisoblanadi. Tadqiqotlarda aniqlanishicha, bir porsiya (taxminan 120 gr) loviya zararli xolesterinni 8 foizga kamaytiradi.
Suli yormasi
Suli yormasi yana bir klechatkaga boy mahsulotlardan biri hisoblanadi. Tongni suli yormasidan tayyorlangan bo‘tqa bilan qarshi oladiganlar organizmidagi xolesterin miqdori nazorat ostida bo‘ladi.
Kurkuma (zarchava)
Kurkuma aterosklerozning oldini oluvchi mahsulotlardan biri hisoblanadi. Uning iste’moli jigardagi «yomon» xolesterinni parchalaydigan retseptorlar miqdorini ko‘paytiradi.
Soya
Soya oqsili ham «yomon» xolesterin miqdorini kamaytirish xususiyatiga ega ekanligi bilan ahamiyatli. Uni hayvon yog‘i o‘rniga iste’mol qilish qondagi xolesterin miqdorini 20% ga kamaytiradi. Bundan tashqari, soya jigarni ortiqcha safrodan tozalashi, mukammal antioksidantligi bilan ham o‘ziga xosdir.
Bodom
Bodom yurak uchun foydali va organizmni energiya bilan ta’minlovchi mahsulot hisoblanadi. Bodomni har kuni oz-ozdan iste’mol qilish mumkin.
Qora shokolad
Qora shokolad yurak-qon tomirlarida uchraydigan kasalliklarda ijobiy profilaktika sanaladi. Bundan tashqari, shokolad kayfiyatni ko‘tarib, miya faoliyatini yaxshilaydi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Singapurda jahon shaxmat toji uchun bahs boshlandi
"Yirtqich" ovga chiqdi...
Namanganda olib qochilgan avtomobil «Qamchiq» dovonida to‘xtatildi
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
Xitoy Yaponiya va sakkizta davlat fuqarolariga vizasiz rejimni joriy etadi
Ro‘ziqul Berdiyev: "12 ta mag‘lubiyatsiz seriya qayd etgandik, hozir esa ketma-ket to‘rtta mag‘lubiyat"
Peskov AQSHning amaldagi ma’muriyatini Ukrainadagi vaziyatni keskinlashtirishda aybladi