
Taniqli sartarosh va bloger Oliviya Smolli tibbiy niqoblarni quloqni og‘ritmagan holda taqishning oddiy usulini o‘rgatdi. Ayol bu boradagi rolik bilan o‘zining Instagram’dagi sahifasi orqali bo‘lishdi.
Kadrda yuziga tibbiy niqob taqib olgan qizni ko‘rish mumkin. Uning sochlari boshining orqa qismiga yig‘ilgan. Sartarosh niqob rezinasini biroz tortib, to‘g‘nog‘ich yordamida uni sochlariga qistirib qo‘ygan. Ayol niqobning narigi tarafini ham shunday qilgan.
Foydalanuvchilar Oliviya n
amoyish etgan usulning oddiyligi va ajoyibligini yuqori baholamoqda. Ularning ta’kidlashicha, bu kabi usul yoqimli va amalda qo‘l keladi, biroq bu faqat sochi uzun insonlarga foyda beradi.
Manba: Daryo “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar