
Foto: «Medaboutme.ru»
Shirinlikka o‘chlikdan qutulish uchun aslida bir hafta kifoya qiladi. To‘g‘ri, boshida qiynalasiz, lekin bir amallab chidasangiz, diabetga qarshi kurashishingiz oson kechadi. Shvetsiyalik diyetolog Fredrik Paulun bu sirni fosh etdi, deb yozadi «Expressen» nashri.
Xususan, mutaxassis sport bilan shug‘ullanishni maslahat beradi — jismoniy faollik tufayli odam organizmi dofamin, serotonin va endorfinlar ishlab chiqaradi. Ikkinchi yo‘li — stressdan xalos bo‘lish. Negaki, stress aksariyat holatlarda odamni shirinlik yeyishga undaydi. Yana bir siri — yoqimli mashg‘ulotlar bilan band bo‘lish: iliq vanna, musiqa, film.
Paulun, shuningdek, to‘yib uxlashni, ko‘proq suv ichishni, oqsilga boy taomlar iste’molini ko‘paytirishni maslahat beradi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar