Foto: Twitter
Amerikalik olimlar inson umrini 100 yilga qadar uzaytirish usulini aniqladi. Ma’lum bo‘lishicha, insonning uzoq umr ko‘rishiga nafaqat genlar, balki u yashaydigan joy ham ta’sir ko‘rsatadi. Bu boradagi tadqiqot natijalari International Journal of Environmental Research and Public Health’da keltirilgan.
Mutaxassislar 2011 yildan 2015 yilga qadar 75 va undan katta yoshda vafot etgan 145 ming kishining yashash joyi, ma’lumoti va ijtimoiy holatini tahlil qilib chiqqan. Shuningdek, kambag‘allik darajasi, tibbiy xizmatdan foydalanish imkoniyati, havoning iflosligi, yashil hududlar soni ham inobatga olingan.
Aniqlanishicha, 100 yoshgacha yashash uchun inson yuqori ijtimoiy mavqega ega bo‘lishi, yashil hududlar ko‘p bo‘lgan joyda istiqomat qilishi, muntazam sayrga chiqib turishi, transport va tibbiyot xizmatidan foydalanish imkoniyati bo‘lishi kerak.
Bundan tashqari, olimlarning aniqlashicha, erkaklarga qaraganda ayollar ko‘proq 100 yoshgacha yashaydi.
Manba: Daryo.uz “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Rossiya yuzlab yamanliklarni Ukrainaga qarshi urushga yolladi
Xitoy Yaponiya va sakkizta davlat fuqarolariga vizasiz rejimni joriy etadi
Abdusalom Azizovning DXX raisligidan haydalgani tasdiqlandi
O‘zbekistonda kelasi hafta boshida qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi
Yevropa superklubi O‘zbekiston terma jamoasi o‘yinchisi transferi bo‘yicha ish boshladi