Foto: Getty Images
Agarda siz so‘nggi paytlarda uyqusizlikdan qiynalayotgan yoki ertalab uyg‘onishni xohlamayotgan bo‘lsangiz, kunlik rejangizdagi ichimliklarni bir ko‘zdan kechiring.
Iliq sut
Foto: Lifehacker
Odatda bolalarni tinchlantirish yoki uxlatishda yordam beradigan sut kattalar uchun ham tavsiya etiladi. Ba’zi mutaxassislar iliq sut tarkibida triptofan mavjudligini, u organizmni melatonin (uyqu gormoni)ga aylanishini yaxshilashini ta’kidlagan.
Moychechakli choy
Foto: Getty Images
Moychechakli choy yaxshi uxlashda yordam beradigan tabiiy vositalardan biri. U tinchlantiruvchi ta’sirga ega bo‘lib, boshqa choylardan farqli ravishda uning tarkibida kofein yo‘q. Odatda moychechak choyi uyqusizlikdan aziyat chekayotganlar uchun tavsiya etiladi.
Bodom suti
Uxlashdan oldin bir stakan bodom sutini ichish ham foydali. Uning tarkibida triptofan va magniy mavjud. Bu esa uyqu sifatini yaxshilashga yordam beradi.
Kokos yong‘og‘i suvi
Kokos yong‘og‘i suvida magniy va kaliy mavjud bo‘lib, u uxlashingiz va mushaklaringizni tinchlantirishga yordam beradi. Bundan tashqari, uning tarkibida B vitamini mavjud bo‘lib, bu stress darajasini pasaytiradi.
Bananli smuzi
Foto: Getty Images
Sog‘lom uxlashda ko‘makchi yana bir usul – bananli smuzidir. Buning uchun bananni yarim stakan bodom suti bilan aralashtirish kifoya. Bu ichimlik sizning yaxshi uxlashingizda kafolat beradigan yo‘llanmadir.
«Oy» suti
Bu tabiiy vosita ashvagandha dorivor o‘simligi va reyshi qo‘ziqorini aralashmasidan tayyorlanadi. Ular kukun yoki yog‘ shaklida sotiladi. Ichimlikni tayyorlash uchun bodom sutini qizdirasiz, unga ashvagandha va reyshini qo‘shasiz. Mazasini yaxshilash uchun kakao kukuni, dolchin, asaldan foydalanishingiz mumkin. Ichimlik sizga uyqu bezovtaligini kamaytirishga yordam beradi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Qirg‘iziston budjetiga korrupsionerlardan misli ko‘rilmagan miqdorda mablag‘ qaytarildi
Isroillik ravvinni o‘ldirishda gumonlangan uch kishi ushlandi
Putinning yadroviy ogohlantirishi — "Oreshnik" nimalarga qodir?
Mashhur kosmetolog Krishtianu Ronalduni sudga berdi
Ukrainada Tramp nomzodi tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga taklif qilindi
BAAda isroillik rohibning o‘limida gumonlanayotgan o‘zbekistonliklar ushlandi