22:15 / 14.08.2020
3 669

Uyqusizlikka qarshi eng samarali 4 usul

Uyqusizlikka qarshi eng samarali 4 usul
Yozning issiq harorati yoki kundalik tashvishlar, stress, ortiqcha ovqatlanish ham yarim kechasi uyg‘onishga sabab bo‘lishi mumkin. Harper’s Bazaar jurnali uyqusizlikning oldini olish va bir necha daqiqada uxlab qolishda eng samarali 4 ta usulni tavsiya qiladi.

Miya stimulyatsiyasidan saqlaning

Ertangi kuningizni rejalashtirishni boshlamang, ish yoki o‘qish haqida o‘ylang. Aslo smartfoningizni qo‘lingizga olmang. O‘rningizda yotishga harakat qiling. Masalan, yaqinda ko‘rgan kino yoki o‘qigan kitobingiz voqealarini eslang. Qo‘ylarni sanash usulidan ham foydalanish mumkin.

Tinchlantiruvchi uyqu spreyidan foydalaning

Bunday holda masalan, lavanda moyi spreyini yostiqqa purkash lozim bo‘ladi. Uning formulasi butun tun davomida terapevtik hid taratadi. Bu uyquni osonlashtiradi va ba’zida yarim kechasi uyg‘onishning oldini oladi.

Tibbiyot yo‘nalishini sinab ko‘ring

Ko‘pincha yarim tunda bezovta qiluvchi fikrlar odamni uyg‘onishga majbur qiladi. Tana charchagan bo‘lsa-da, salbiy xayollar oqimi sabab ong uyg‘oq turadi. Bunday holda to‘g‘ri nafas olishga diqqat qilish stressda yordam beradi. Telefoningizdan tinchlantiradigan, tasalli beradigan musiqani tinglang.

Uyqu niqobi va quloqchindan foydalaning

Bu usul ertalabki yorug‘lik tufayli muntazam uyg‘onadiganlar, hatto qo‘shnilar va ko‘chadagi shovqindan uxlolmaydiganlar uchun mos keladi. Va shuningdek, tabiiy materialdan tayyorlangan niqobni tanlash tavsiya etiladi, chunki unda nafas olish bemalol.

Manba: Daryo

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Uyqusizlikka qarshi eng samarali 4 usul