Foto: Getty Images
Surunkali uyqusizlik organizmda turli jarayonlarning ishdan chiqishiga olib kelish sir emas. Kayfiyat yomonlashishi, teri, xususan, yuz rangi o‘zgarishi, ishga bo‘lgan layoqat yomonlashishidan tashqari uyqusizlik vazn to‘plashga ham sababchi bo‘lishi mumkin.
Sababi nimada?
So‘nggi tadqiqotlarda aniqlanishicha, uyqusizlik organizmning gormonal faoliyatida o‘zgarishlar bo‘lishiga olib keladi. Gap shundaki uyqu yetishmasligi sabab uyqu gormoni grelin me’yoridan uch baravar ortiq ajralib chiqadi va buning oqibatida odam doimgidan ko‘proq ochlik his qila boshlaydi. Statistika ma’lumotiga ko‘ra, inson tunni uyqusiz o‘tkazsa, o‘rtacha 385 kkal ko‘proq ovqatlanadi. Bir qarashda ushbu raqam uncha katta emasdek tuyilishi mumkin, lekin surunkali uyqusizlik oqibatida har ortiqcha kaloriya yig‘ilib vazn to‘planishiga olib keladi.
Yana bir sabab jismoniy faollikning kamaygani bilan namoyon bo‘ladi. Agar siz atigi ikki soatgina uxlagan bo‘lsangiz, unda mashqlardan oldin bir necha finjon qahva ichish, mashqlarni barini bajarish ham sizni tetiklashtira olmaydi. Uyqusizlik oqibatida maishiy faollik ham susayadi buni oddiy harakatlanish, yurish, zinalardan tushib-chiqish davomida ham sezish mumkin bo‘ladi.
Nima qilish kerak?
Eng oddiy va oson yechim — to‘yib uxlang. Rejimingizni nazorat qiling, lekin ish yoki o‘qishingiz sabab kechasi bilan ishlashga majbur bo‘lsangiz iste’mol mahsulotlaringiz va ratsioningizga ehtiyot bo‘ling.
Yuqorida ta’kidlanganidek, uyqusizlik sabab ochlik gormoni grelin ko‘p ajralib, nimadir yeyish kerak degan fikr hayoldan ketmaydi. Bu esa kartoshka chips, shokolad bo‘lagi, tort yoki gamburgerni beixtiyor iste’mol qilishga olib keladi. Siz tunda yetarlicha uxlay olmagan bo‘lsangiz, ertangi kungi ratsioningizdan donli mahsulotlar, sekin hazm bo‘ladigan uglevodlar, o‘simlik oqsili, to‘yinmagan yog‘ manbayi bo‘lgan go‘sht, tuxum va soya mahsulotlari o‘rin olishi kerak. Mazkur mahsulotlar ochlik hissini qondirib, bir finjon qahva beradigandan kam bo‘lmagan energiya bilan ta’minlaydi va keraksiz kilolar to‘planishini oldini oladi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Qirg‘iziston budjetiga korrupsionerlardan misli ko‘rilmagan miqdorda mablag‘ qaytarildi
Isroillik ravvinni o‘ldirishda gumonlangan uch kishi ushlandi
Putinning yadroviy ogohlantirishi — "Oreshnik" nimalarga qodir?
Mashhur kosmetolog Krishtianu Ronalduni sudga berdi
Ukrainada Tramp nomzodi tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga taklif qilindi
BAAda isroillik rohibning o‘limida gumonlanayotgan o‘zbekistonliklar ushlandi