23:47 / 14.09.2020
2 745

Qo‘l va oyoqning doimiy muzlashi kasallik belgisi bo‘lishi mumkinmi?

Qo‘l va oyoqning doimiy muzlashi kasallik belgisi bo‘lishi mumkinmi?
Foto: Rambler/doctor
Tashqarida qanday ob-havo bo‘lmasin, qo‘l va oyoqlar doim sovqotadimi? Balki, bu yoz faslida e’tiborni tortmas, lekin qishning sovug‘ida ularni isitish biroz qiyin bo‘ladi. Bu aslida organizmda qandaydir kasallikdan darak beradi va shifokorga ko‘rinish kerakligini anglatadi.

Qo‘l-oyoq nima uchun muzlaydi?
Inson tanasi birinchi navbatda qaysi organlarni saqlashni juda yaxshi biladi, shuning uchun ham miya va yurakka qon va kislorod yetkazib berishga ko‘proq ahamiyat beradi, ammo oyoq-qo‘llarning oziqlanishi ikkinchi darajaga o‘tib qoladi. Agar qo‘l-oyoqlarning muzlashi kuzatilsa, demak, tananing barcha kuchlari yurak sog‘lig‘ini saqlashga qaratilgan.

Qanday qilib me’yorni qaytarish mumkin?

Yurak uchun foydali mahsulotlarni iste’mol qilish kerak
Muammoni hal qilishning eng samarali usuli bu uning manbasi bilan kurashishdir. Bunday vaziyatda qon aylanishi yaxshilanishi va yurakka yetib borishida foydali mahsulotlarni iste’mol qilish tavsiya etiladi. Masalan, yog‘li baliq, yong‘oq, zaytun moyi, meva-sabzavotlar, qizil ikra, banan, qora shokolad va karam kabi yurakka foydali mahsulotlarni ko‘proq tanovul qilish tavsiya etiladi.

Paypoq kiyib uxlashga odatlanish kerak
Avvalo, bu uyquni yaxshilaydi. Shifokorlar sovuq xonada issiq paypoq kiyib uxlashni tavsiya qiladi. Oyoqni issiq tutish tinch uxlashga ham yordam beradi.

Ko‘proq ziravorlar iste’mol qilish kerak
Zarchava, zanjabil, qalampir va boshqa ziravorlar tana haroratini oshiradi hamda qon aylanish jarayonini yaxshilaydi. Go‘yoki issiq kiyim kiygan kabi tanani qizdiradi.

Issiq ichimliklar ichish kerak
Garchi tana uchun sovuq bo‘lmasa-da, issiq choy, kofe, kakao yoki zanjabilli choy ichish kerak. Ushbu suyuqliklar issiqlikni tanada bir xil taqsimlaydi. Bundan tashqari, bir finjon issiq ichimlik ushlab turishning o‘zi qo‘llarni qizitadi va qon aylanishini yaxshilaydi.

Sport bilan shug‘ullanish kerak
Muntazam jismoniy mashqlar qon bilan bog‘liq barcha holatlarni yaxshilaydi. Agar qo‘l-oyoq muzlashi odatiy holga aylangan bo‘lsa, demak, sport bilan shug‘ullanish vaqti kelgan.

Shifokorga murojaat qilish vaqti keldimi?
Ba’zi hollarda qo‘l va oyoqning muzlashi xavfli kasallikning rivojlanishini ko‘rsatishi mumkin. Masalan, sklerodermiya, arterial kasalliklar, qalqonsimon bez faoliyatida buzilish kabilar. Qo‘l-oyoq muzlashi bilan birga charchoq, soch to‘kilishi, ich qotishi, oyoq-qo‘llarning shishishi, sochlarning siyraklashishi kuzatilsa, shifokorga murojaat qilish tavsiya etiladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)