Foto: Harper’s Bazaar
Oqsil, vitamin, mineral va yog‘larga boy tuxumni deyarli barcha foydali mahsulotlar ro‘yxatida uchratish mumkin. Shunga qaramay, ko‘p mutaxassislar tuxumni ko‘p iste’mol qilish organizmga faqat foyda emas, jiddiy zarar yetkazishi mumkinligini ham ta’kidlaydi.
Foydasi
Tuxum foydali moddalarning koni. Tuxumning oqi organizmni aminokislotalar, A, D, E, K, shuningdek, B guruhi vitaminlarini ichiga oladi. Sarig‘i organizmni turli zararlanishlar, yallig‘lanishdan saqlaydigan, erta qarishning oldini oladigan, teri, soch va tirnoqlar mustahkamligini ta’minlaydigan antioksidantlarning manbayidir. Bundan tashqari, tuxumda suyak va bo‘g‘inlarni mustahkamlaydigan hamda kollagen ishlab chiqarilishini yaxshilaydigan minerallar ham bo‘ladi.
Qolaversa, tuxum parhez qiladiganlar uchun ham ayni muddao. U qorinni to‘q tutadi va uni iste’mol qilgan odam ortiqcha ovqatlanishdan tiyiladi. Yevropaning Nutrition jurnalining 2013 yildagi sonida yozilishicha, nonushtaga tuxum iste’mol qilish 30 foiz ortiqcha ovqatlanib yuborishning oldini oladi va kishi o‘zini uzoq vaqt to‘q his qiladi.
Zarari
Ammo uni me’yoridan ortiq iste’mol qilish yurak qon-tomir tizimi uchun xavfli. Gap shundaki, tuxumda foydali omega-3 yog‘ kislotasidan tashqari, «yomon xolesterin» – lipoprotein ham mavjud. Bir dona tuxumda 180 mg «yomon xolesterin» bo‘ladi, kunlik me’yor esa 300 mg tashkil etadi. Bu esa yurak faoliyatida muammo keltirib chiqarishi mumkin.
Yurak kasalligini orttirib olishni istamasangiz, kuniga bir martadan ko‘p bo‘lmagan tuxum iste’mol qiling. Ba’zida 2-3 dona yeyish ham mumkin, ammo buni odat tusiga aylantirmaslik kerak. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Bayden hozircha Ukrainani NATOga taklif etishga chaqirmaslikka qaror qildi
Xitoylik hakerlar AQSHdagi 150 nafar siyosatchi ortidan josuslik qilgan bo‘lishi mumkin
Farg‘onada noqonuniy valyuta savdosi bilan shug‘ullanganlar ushlandi
Beterbiyev—Bivol revansh jangi sanasi ma’lum bo‘ldi
Sharmandali mag‘lubiyatdan keyin murabbiy futbolchilarni qamab qo‘ydi