11:55 / 07.11.2020
2 884

Koronavirusga chalinganda iste’mol qilish taqiqlangan mahsulotlar ma’lum qilindi

Koronavirusga chalinganda iste’mol qilish taqiqlangan mahsulotlar ma’lum qilindi
Foto: RIA Novosti
Koronavirusga chalingan bemorlar tuz kamroq iste’mol qilishlari va spirtli ichimliklar iste’molini istisno qilishlari lozim. Bunday bemorlarga ko‘proq suv ichish tavsiya qilinadi.

Rossiyalik terapevt shifokor Filipp Kuzmenkoning ta’kidlashicha, organizmda suv-tuz balansini me’yorida ushlash lozim. Ko‘proq suv ichish, sho‘r taomlar, misol uchun, tuzlangan bodring, tuzlangan baliq iste’molidan qochish lozim. Spirtli ichimliklar iste’mol qilmaslik lozim, chunki u organizmning suvsizlanishiga olib keladi.

Shifokorning ta’kidlashicha, sho‘r taom qonni quyultiradi, bu esa koronavirusga chalinganda zararli hisoblanadi. “Tuz to‘qimadagi suvni tortib oladi, tomirlarda esa qonning quyuqlashishi yuz beradi. Bu esa koronavirusga chalinganlarga salbiy ta’sir ko‘rsatadi”, deb ta’kidlab o‘tgan mutaxassis.

Avvalroq ham shifokorlar koronavirusga chalinganlikda spirtli ichimliklar xavfli bo‘lishidan ogohlantirishgan. Koronavirusda spirtli ichimliklar qonning quyuqlashishiga olib keladi, vaholanki koronavirus infeksiyasining asoratlaridan biri tromboemboliya, ya’ni hayotiy muhim qon tomirlarining tromb bilan berkilib qolishi hisoblanadi. Shu sababli alkogol bemorning holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Bundan tashqari, alkogol koronavirusni davolashda belgilanadigan dorilar bilan nomutanosib hisoblanadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Koronavirusga chalinganda iste’mol qilish taqiqlangan mahsulotlar ma’lum qilindi