Foto: Freepik
Salomat va tashqi ko‘rinishida muammo bo‘lmasligi, ortiqcha vazn hamda xavfli kasalliklarga duch kelmaslik uchun har kuni bittadan olma iste’mol qilish tavsiya qilinadi.
Saraton xavfini oldini oladi
Chekadigan yoki chekishni endigina tashlaganlar, ayniqsa, ko‘proq olma yeyishi kerak. Italiyalik olimlarning aniqlashicha, olmani muntazam ravishda iste’mol qiladiganlarda o‘pka saratoni kam kuzatiladi. Shuningdek, olma iste’moli ko‘krak, oshqozon va yo‘g‘on ichak saratonining ham oldini oladi.
Qondagi qand miqdorini me’yorlashtiradi
Tarkibida kletchatkalarning mo‘l ekani sabab ham ovqat hazm bo‘lishi, xususan, glyukozani qonga singishini sekinlashtiradi. Olma yoki nok bilan tushlik qilinganda, qandli diabetga chalinish xavfi 18 foizga kamayadi.
Milklar uchun foydali
Olmani tishlab chaynaganda tish va milklar uchun ahamiyatli tabiiy so‘lak ajralib chiqadi hamda ushbu so‘lak bakteriyalarga ham qarshi ta’sir qiladi.
Insultni oldini oladi
Kletchatkalarga boy bo‘lgan 200 gramm olma insultga chalinish xavfini 32 foizga kamaytiradi. Bundan tashqari, olmani chernika va uzum bilan qo‘shib yeyilsa, «yomon» xolesterin, hatto qon bosimini ham me’yorlashtirish mumkin.
Ozishga yordam beradi
Tarkibidagi murakkab uglevod va kletchatkalar mo‘l bo‘lgan olma ovqat hazm bo‘lishini sekinlashtirib, qorinni to‘q tutgani sabab ham nafaqat salomatlik, balki qomat uchun ham ahamiyatli. Qolaversa, olmada yog‘ eritish xususiyatiga ega bo‘lgan qo‘shimcha modda ham mavjud.
Yuqori miqdordagi xolesterinni kamaytiradi
Olma tarkibidagi pektin, arteriyani shikastlash va hayot uchun xavfli bo‘lgan kasalliklarga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan qondagi «yomon» xolesterinni kamaytiradi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Olimlar qahvaning ichakdagi bakteriyalar tarkibiga ta’sirini aniqladi
Filippin poytaxtida boshlangan yong‘inda mingga yaqin uylar yonib ketdi
Tramp jamoasi Kim Chen In bilan muzokaralarni muhokama qilmoqda
O‘zbekiston Respublikasining yangi mudofaa vaziri tayinlandi
Finlandiyada omon qolish kurslariga yozilayotgan ayollar soni keskin oshdi